Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja


Download 351.46 Kb.
bet5/55
Sana26.10.2023
Hajmi351.46 Kb.
#1725527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f-fayllar.org

regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining



4
qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib 
qo‘yadi.
Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o‘qilishi, har hafta juma namozini jome 
masjidlarda ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro‘za tutilishi, ro‘za (‘iyd al-fitr) va qurbon (‘iyd
al-adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi. 
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik, kommunikativlik - integratorlik vazifasini ham
bajaradi, ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o‘zaro 
aloqadorlikda bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi
kishilarning o‘z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, o‘zaro huquq va burchlarining 
borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan, dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik-qonunlashtiruvchilik 
vazifasi chambarchas bog‘liq. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik
sotsiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan 
cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq
normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga 
bo‘lgan munosabatni ham belgilaydi».
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga 
yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o‘z
munosabatini bildirib turishidan iboratdir. 
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat yoki xalqqa
xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi. Bu guruhlar son jihatdan 
qancha bo‘lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik etuk bo‘lishidan qat’i nazar, ularni
mutlaqlashtirib bo‘lmaydi. Chunki har qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa 
qirralarni qamrab ololmaydi. Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari
mavjud:

- tarixiy-geografik jihatga ko‘ra;


- etnik jihatga ko‘ra; 
- e’tiqod qiluvchilarining soniga ko‘ra;
- hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va h.k. 



Download 351.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling