Mundarija : kirish bob. Qoraqalpoqlarning marosim va urf-odatlarining ahamiyati


Download 71.31 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi71.31 Kb.
#1576394
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oʻlkamizda saqlanip qolgam urf odat va marosimlar Qaraqaloqiston misolida



M U N D A R I J A :
KIRISH ……………………………………………………………………………3
1.BOB.QORAQALPOQLARNING MAROSIM VA URF-ODATLARINING AHAMIYATI……………………………………………………………………... 5
1.1.Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida ko’chmanchilik turmush tarsi………………………………………………………………………………… 5
1.2.Qoraqalpog’iston noyob va boy madaniy merosi……………………………… 7
2.BOB.QORAQALPOQ MILLATINING O’ZIGA XOS TARZDAGI ETNIK XUSUSIYATLARI……………………………………………………………….. 10
2.1.Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodining eng yorqin nayomondalari……………….. 10
2.2.Qoraqalpoq xalqining etnopsixologiyasida motivatsion va boshqada fazilatlarning namoyon bo’lishi……………………………………………………. ……………..15
XULOSA………………………………………………………………………….. 22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………………… 26

KIRISH
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham oilaviy tadbirlarni o‘tkazish yo‘nalishida shakllangan o‘ziga xos urf-odat va an’analar aholi ishtirokida o‘rganib chiqildi. Jo‘qorg‘i Kengesning qarori e’lon qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa muassasa va idoralarga, davlat va nodavlat tashkilotlarga to‘y-hashamlar, oilaviy marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganib chiqish topshirildi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi boshlig‘ining diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Nurilla Jamalov:
– Xalqimizda “birov to‘ngib sakrasa, birov to‘yib sakraydi” degan dono gap bor. Bunday dabdababozlikning sababi ham to‘yingandan, deb o‘ylayman. Isrofgarchilikning ham uvoli bor. O‘ylamasdan qilayotgan ishimizning bir kuni javobi ham bor. Misol uchun, bir vaqtlar suv serob bo‘lib, meva-cheva, nonimiz ham ko‘p bo‘ldi. Lekin, shu vaqtlari nonning axlat orasida yotganining ko‘p guvohi bo‘lardik. Sobiq ittifoq vaqtida hukumatda ishlaydiganlarga davlat tomonidan har oyda oziq-ovqatlar bepul berilar edi1. Non, go‘sht va boshqa mahsulotlarni yeb ulgurmay, ortib qolsa, hovlining chekkasiga ko‘madiganlar ham bo‘ldi. “Unaqa qilib isrof qilguningcha, qo‘shnilaringa bersang bo‘lmaydimi” desam “Yo‘q, men bersam, nasibam unga o‘tib ketadi” deb javob berganlarni ham uchratdik. Bu ishlar uchun ham jazo oldik, aholimiz bir necha bor suvsizlikni boshidan kechirgani, chigirtkalarning ko‘payib ketib yetilishib turgan hosilni yo‘q qilgani bekor emas. Hozirgi vaqtda eng katta yutug‘imiz – tinchligimizdir. Biz shu tinchligimizning qadriga yetmay to‘yib sakramoqdamiz.
Qoraqalpoqlarning marosim va urf-odatlari, saklar, pecheneglar va o’g’uzlar qabilalari madaniyatlaridan kelib chiqadi. Ular qoraqalpoqlar hayotining ko’plab javhalarida, masalan, mehmondo’stligida, o’z aksini topgan. Shuning uchun, mehmonlarni kutishda, eng ulug’ joy mehmonlarga ajratiladi. Unga, shuningdek, qurbon qilingan hayvondan tayyorlangan milliy taomning ma’lum bir qismini (boshi yoki boshqa qismi) taqdim etiladi.
Ovqatdan so’ng, yangi kelin yoki uy egasining ayolining mehmonlar qo’lidan patnis olish marosimi sodir bo’ladi. Unda kelin mehmonga chuqur ta’zim qilib, patnisni mehmon qo’lidan olib, keyin astalik bilan orta qaytadi. Shundan so’ng, hurmatli mehmon barcha kelganlar yaxshi tilaklar va uyning egasiga alohida minnatdorchilik bildirib nutq so’zlaydi. Shundan so’ng, oilaning eng kichik a’zosi (erkaklarda- kenja o’gil yoki ayollarda- kelin) mehmonlar qo’llarini yuvishlari uchun qumg’ondan suv quyadi.



Download 71.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling