Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja


  Dinning jamiyatdagi o’rni va uning ijtimoiy vazifalari. Dinlar tasnifi


Download 351.46 Kb.
bet3/55
Sana26.10.2023
Hajmi351.46 Kb.
#1725527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f-fayllar.org

1.1. 

Dinning jamiyatdagi o’rni va uning ijtimoiy vazifalari. Dinlar tasnifi. 

Dinshunoslikda dinga «dinning o‘zi nima?», «uning mohiyati nimadan iborat?» degan 


savol nuqtai nazaridan yondashishdan tashqari din «qay tarzda faoliyat olib boradi?» degan savol
nuqtai nazaridan ham yondashuv mavjud. Bu masala bilan ko‘proq din sotsiologiyasi 
shug‘ullanadi.
Sotsiologik nuqtai nazardan qaralganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning 
ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida
namoyon bo‘ladi. Bu degani dinni jamiyatdagi bajaradigan vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin 
demakdir.
Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxsga va jamiyatga ta’sir qilish yo‘li va tabiati 
nazarda tutiladi. Bunda har bir din unga e’tiqod qiluvchi muayyan bir shaxsga u yoki bu jamoaga
va umuman jamiyatga nima beradi? Insonlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? SHunga o‘xshash 
masalalar o‘rganiladi.
Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni dinshunoslikda funksionalizm rivojlantiradi.
Funksi-onalizm jamiyatga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi: unda jamiyatdagi har bir element
muayyan funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari 
quyidagilardan iboratdir:
Birinchidan, har qanday din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli 


beruvchilik - kompensatorlik vazi-fasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil
bo‘lishi hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan 
munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida, unda
qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezgan. Ana shunday ehtiyoj diniy ehtiyoj edi. Din 
bu o‘rinda ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali
ham bajarmoqda.



Download 351.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling