Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja


Download 351.46 Kb.
bet8/55
Sana26.10.2023
Hajmi351.46 Kb.
#1725527
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f-fayllar.org

iqtisodiy va psixologik sabablarni hisobga olishni taqozo etadi.


1.3. 


Urug`-qabila dinlari va ularning shakllari. 

Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqikiy ta’limot olamning mavjudlik 


sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati,
ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini o‘rganishda minglab yillar mobaynida uning bag‘rida qo‘lga 
kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. qolaversa,
din bag‘rida shakllangan ma’naviy, jumladan axloqiy qadriyatlarning vujudga kelish sabablari, 
ularning kishilarga ijobiy ta’sirchanlik masalalari ilmiy jihatdan o‘rganish va bu ma’naviy-
axloqiy qadriyatlardan foydalanish ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lmokda. 
Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to‘la shakllangan diniy sistemaga ega bo‘lmagan.
Ularda boshlang‘ich diniy tasavvurlargana bo‘lgan, xolos. Dinning ana shunday ibtidoiy 
shakllari urug‘chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bo‘lgan.
Ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya 
(sehrgarlik) shakllarida tarqalgan; ularning elementlari hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi.


Totemizm - hindlar tilidagi "O totem" (uning urug‘i) degan so‘zdan kelib chiqqan.
Totemizm ibtidoiy g‘oyat sodda diniy e’tiqodning bir turi bo‘lib, qadimgi zamondagi urut-qabila 
a’zolarining muayyan bir hayvon, o‘simlik bilan g‘ayritabiiy aloqasi, yakinligi, qon qarindoshligi
bo‘lgan deb, bu hayvon va o‘simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning 
muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog‘likligini ifodalovchi
dastlabki shakllaridan edi. Har bir kabila yoki urug‘ o‘z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko‘zda 
tutib, ba’zi hayvonlarni ovlar va ular haqida etarli ma’lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni
yaqindan bilish ularning urug‘ bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo‘lsa kerak, degan 
tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba’zi hayvonlar, ksyinchalik esa o‘simlikning ba’zi
navlari ham muayyan urug‘ a’zolarining ajdodi -totemidir, degan tasavvur shakllanishiga olib 
kelgan. Shu boisdan keyinchalik urug‘ a’zolari totemning "yordamiga" ko‘z tikkanlar, uni
muqaddaslashtirib, o‘z homiylari deb hisoblanganlar, sehr yo‘li bilan unga ta’sir qilishga 
uringanlar. Totemga sajda kilingan, u himoya qilingan, e’zozlangan, uni otib o‘ldirish, iste’mol
qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya’ni tantanali kungarda totem hisoblaigan hayvon yoki 
o‘simlikni maxsus rasm-rusmga rioya qilingan holda iste’mol qilish mumkin bo‘lgan. Urut
a’zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o‘tadi va u kelgusida ham urugaing 
homiysi bo‘lib qoladi degan tasavvur bo‘lgan.


7
Totemizm e’tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning urug‘lari 
nomlaridan payqash mumkin. Ular urug‘larni konkret hayvoilar (kengru, oq ho‘kiz, kora ho‘kiz
kabi eki ayrim o‘simliklar) nomi bilan ataganlar. 
Totemizmning elementlarini hozirgi dinlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, hinduizm
dinida fil, sigir, maymun, ilon kabilar mukaddas hayvonlar hisoblangan. O‘zbeklarda 
qaldirg‘och, musicha, laylak, ko‘k qarg‘ani muqaddas qushlar deb e’zozlash ham totemizmning
ko‘rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalklarida, shu jumladan o‘zbeklarda muchalga qarab 
vaqt hisobini chiqarish totem e’tiqodi bilan bog‘likdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning
yoshini ya’ni tug‘ilgan kunidan boshlab kancha yashaganligani muchal orqali, muayyan hayvon 
nomlari bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo‘lgan.
Muchal mo‘g‘ul, xitoy va butun turkiy xalkdarda keng tarqalgan yil hisobi bo‘lib, unda 
yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo‘lbars (palang), quyon
(xargo‘sht), baliq (nahang), ilon (mor), ot (asp) qo‘y (go‘sfand), maymun (hamduna), tovuk. 
(murg‘), it (sak), to‘ngaz (xo‘k) shular jumlasiga kiritilgan.
Xalqimshda, ayniqsa musulmonlarda totemning elementlaridan bo‘lgan muchalga e’tiqod 
kdlish hali ham. kisman davom etmokda.


Download 351.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling