Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja


Download 351.46 Kb.
bet11/55
Sana26.10.2023
Hajmi351.46 Kb.
#1725527
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f-fayllar.org

2-Mavzu: Milliy dinlar (2 soat) 

Reja: 
1. Milliy dinlar va ularga xos xususiyatlar. Yahudiylik ta`limoti, oqimlari va marosimlari. 
2. Yahudiylik dini manbalari, uning Markaziy Osiyoga kirib kelishi.

3. Qadimgi Hindiston va Xitoy milliy dinlari. Sintoiylik dini.

4. Markaziy Osiyo milliy dinlari, zardushtiylik dini.

1.1. 

Milliy dinlar va ularga xos xususiyatlar. Yahudiylik ta`limoti, oqimlari va 

marosimlari. 

Milliy dinlar deb, odatda, bir millatga mansub xalkdar e’tiqod qiladigan dinlar 


tushuniladi. Bunday dinlar shakllanishining dastlabki va eng so‘nggi davrlarini bir-biridan
farqlash lozim. Dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo‘lib, odatda, 
politeistik, ya’ni ko‘p xudolik dinlari bo‘lgan. Masalan, qadimgi grek dini ko‘p xudolikning
o‘zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida - bosh xudo) hisoblanib, bir ukasi dengaz xudosi, 
ikkinchi ukasi- er osti podsholiganing xudosi hisoblanar edi. Shuningdek, muhabbat va go‘zallik
ma’budasi, urush xudosi, quyosh xudosi va san’at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar 
bo‘lgan. Xuddi shunga o‘xshash kadimgi yahudiylar dinning xudosi - Yaxve ham ko‘p
xudolilikning yaqkol namunasidir. 
Quldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o‘ziga xos yana bir xususiyati oxirat
to‘g‘risvdagi tasavvurning paydo bo‘lishi va unga ishonishdir. Ammo bu davrda bunday 
tasavvurlar hali to‘la shakllanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu davrda
qurbonlik kilish keng rasm bo‘lib hatto majburiy marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar 
yo‘lida meva-cheva, noz-ne’matlardan tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim
zamonlarda esa hatto odamlar ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining so‘ngti 
davrlariga kelib odamlar o‘rniga hayvonlar kurbon qilina boshlangan. Shu bilan birga oxirat
haqidagi tasavvurlar keng targ‘ib kilinardi. 
Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug‘-qabila dinlaridan
farkli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga kelgan va 
rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning so‘ngra, millatning shakllanishini o‘zlarida aks
ettirgan. 
Milliy dinlarda tasavvur kilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-marosimlar
asosan muayyan elat eki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimga dinlar 
milliy davlat xarakterida bo‘lishi bnlan boshqa din shakllaridan ajralib turagan.
Eng so‘nggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, jaynizm, sikxizm, 
daosizm, konfutsiylik, sintoizm va iudaizm (Yahudiylik).


Download 351.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling