Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja


Download 351.46 Kb.
bet10/55
Sana26.10.2023
Hajmi351.46 Kb.
#1725527
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f-fayllar.org

Fetishizm - (fetish - fransuz tilidagi "fetiko" - yasalgan tumor, but, sanam degan
so‘zlardan olingan) moddiy buyumlarda g‘ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz 
narsalarga sig‘inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar - tog‘, qoya tosh, daraxt,
keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va hokazolarda g‘ayritabiiy kuchlar 
bor, degan tasavvur paydo bo‘lgan. O‘zlari vujudga keltirgan bunday kuchlarga o‘zlari sig‘ina
boshlaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lgan fetishizm barcha xalklarda diniy tasavvurlar 
shakllanishi bilan uzviy bog‘liqsir.
Fetishizm politeistik (ko‘p xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik) dinlarida 
hozirgacha saklanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) sig‘inish, islomda esa turli
o‘simlik turlarini - sedana, ko‘ztikan, qalampirmunchok, achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, 
daraxtlardan - yong‘oq, chinor, archa va boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu
jumladan odamlarga ta’siri yoki yordami bo‘lishi mumkin degan tasavvur paydo bo‘lgan. 
Bunday xususiyatni tog‘-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g‘ayritabiiy fikrlar
shakllangan. 
Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba’zi soddadil,
mutaassiblarning turli tumor, ko‘zmunchok. va hokazolarnn taqib yurishlari, daraxtlarga latta-
puttalarni osishi, is chikarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish, ularning mo‘‘jizaviy kuchiga
ishonish fetishizmning diniy e’tikoddagi eng xarakterli ko‘rinishi va qoldigidir. 


Shomonizm - ibtidoiy jamoa tuzumi emirilishi davrida paydo bo‘lgan animistik e’tiqod
va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e’tiqodlardan biri. Uning o‘ziga xos 
xususiyati - kishilar orasida turli ruxlar bilan munosabatda bo‘la oladigan shomonlar qobiliyatiga
ishonishdir. Shomonlarga, shuningdek, kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o‘lganlarni 
oxiratga uzatish, tabiatda xohlag‘ancha o‘zgartishlar kilish kabi xususiyatlar ham xosdir.
O‘tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do‘mbirasi yoki mo‘‘jizaviy musiqa ijrosida 
turli rasm-rusumlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan.
Shomonizm o‘tmish dinlar sarqiti sifatida ba’zi hollarda uchrab turadi. 


Magiya (sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g‘ayritabiiy yo‘l bilan
ta’sir ko‘rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir. 
Sexrgarlik harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular turmushning har xil sohalarida
qo‘llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni 
engish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat bilan bog‘liq
bo‘lgan magik qarakatlar ibtidoiy odamlar hayotida alohida o‘rin egallagan, ya’ni ular 
tirikchilikka kerak bo‘lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog‘liq bo‘lgan
magik harakatlarni bajarganlar. 
Ishlab chiqarish muvaffaqiyatiga bagashlangan sehrgarlik harakatlari, ishlab chiqarish
xarakteriga qarab, turli shakllarda va har xil maqsadlarda o‘tkazilar edi. Bunday harakatlar 
ibtidoiy jamoa a’zolarining umumiy manfaati yo‘lida qilinar edi.
Ibtidoiy jamoa ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining darajasi, pastligi, kishilar hayotining 
urug‘ va qabila munosabatlari tor doirasi bilan cheklanganligi, tabiat kuchlari oldidagi ojizlik
dinning ilk shakllarida o‘z in’ikosini topgan. Bu ojizlik ibtidoiy odamning sodda, yuzaki 
tasavvurlariga asoslangan soxta, sehrgarlik usullarni qo‘llanishga majbur etgan. Ojizlik, qadimgi
odamlarning har doim mo‘‘jizaga ishonish bilan xayoldagana maqsadga erishishiga madad 
bergan.
Ibtidoiy dinlardagi xayoliy in’ikos mahsuli bo‘lgan tog‘, suv, bo‘ron quyosh, 
momaqaldiroq xudosi kabi tasavvurlar turli-tuman bo‘lsa-da, ular oliy va past tabaqalarga
ajratilgan emas. Bunday ajratish jamiyat taraqkiyotining keyingi bosqichlariga o‘tilgandan so‘ng 
yuz bera boshladi.
Jamiyat taraqkiyotiga mos ravishda ishlab chiqaruvchi kuchlar ham o‘zgarib, rivojlanib 
borgan. Ishlab chiqarishni tashkil etuvchi va boshqaruvchi kuchlar - kishilar ham tabaqalanishda
davom etgan, dunyoqarashlari kengaya borgan. 


9


Download 351.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling