Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja


Download 351.46 Kb.
bet9/55
Sana26.10.2023
Hajmi351.46 Kb.
#1725527
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f-fayllar.org

Animizm - (lotincha - animus - jon, ruh demakdir) qadimgi zamon dinlaridan biri, kishi
ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har 
bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi.
Animistik tasavvurlar barcha xalkdar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi 
tushunchalarning shakllanishida ma’lum rol o‘ynab kelgan. Animizm har bir kishida uning
hayoti va ongining manbai bo‘lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni 
soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, Shimoliy Amerika xalklarida soya bilan jon,
qadimgi arablarda jon bilan qon, Grenlandiyada esa nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. 
Animizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar
xususiyatlarini chuqur o‘rganish, jon va ruxlarning tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan 
fikrlar paydo bo‘lishi munosabati bilan tarkib topgan. Shu davrda jonning o‘lmasligi haqidagi
tasavvur paydo bo‘lgan. Chunki qadimgi odamlar o‘z tanalarining tuzilishi to‘g‘risida to‘liq bir 
tushunchaga ega bo‘lmay, hatgoki uyqu va tush ko‘rishining sabablarini ham izohlay
olmaganlar. Shundan so‘ng ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir 
kuch bo‘lib, odam o‘lgandan so‘ng u kuch, ya’ni jon tanadan chiqib ketadi degan tasavvur hosil
bo‘lgan. Natijada jonning tanani tark etgandan keyingi faoliyati qanday kechishi haqida o‘ylay 
boshlaganlar. Ibtidoiy odamlar o‘zlarini tabiatdan ajratib qo‘ymaganlar. Shuning uchun ular
o‘zlari bilan bir qatorda hayvon, o‘simlik, hatto mehnat kurollari, keyinchalik, suv, o‘rmon, 
momaqaldiroq va boshqalarda ham jon bor, degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda
gilozoizm deb ataydilar. 
Jon va ruxdarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon barcha
kishilarda bo‘lib, xudo eng oliy ruh hisoblanadi. Odam o‘lgandan so‘ng tanadan chiqib ketadigan 
jon bor, degan tasavvur chuqurlasha borgan. Demak, odam o‘lganda jon chiqib ketib, yashay
berar ekan, uning o‘zi abadiy yashaydi degan tushuncha paydo bo‘lgan. Abadiy ruh to‘grisidagi . 
tasavvur ana shu yo‘sinda shakllangan. Ruxlarga ishonish arvohlarga ishonishni keltirib
chiqargan. 
Jon va ruhlarning o‘lmasligi haqidagi qadimiy animistik tasavvurlarning elementlari
hozirgi barcha dinlarda saqlanib qolmokda. Masalan, dindorlar tasavvurlarida o‘lgan kishilarning 
arvohini yo‘klash, ularni tirik odamlar singari hamma narsadan xabardor, deb tushunish mavjud.
Shu tufayli jon va ruhlarga atab qurbonlik, xayr-xudoyi qilish, sadaqa berish odatlari hamon 
uchrab turadi. Ba’zan murdani kiyimlari bilan dafn etish, yoniga suv, ovqatlar qo‘yish odatlari
ham animizmning ko‘rinishidir. O‘zbeklarda arvohlar haqidagi tasavvurlar, ularni eslab 
payshanba oqshomi arafasida chiroq yoqish, kabrstonlarga borib qur’on suralaridan o‘qish
animizmga bo‘lgan e’tiqodning shakllaridir. 


8


Download 351.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling