Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja


Download 351.46 Kb.
bet53/55
Sana26.10.2023
Hajmi351.46 Kb.
#1725527
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f-fayllar.org

Akromiylar. Respublikamiz hududida tashkil topib, hozirda faoliyati deyarli to‘xtatilgan
noan’anaviy ham islom ta’limotiga ham konstitutsiyaviy davlatchilik asoslariga zid bo‘lgan 
guruh «Akromiylar»dir.
Akromiylar 1996-1997 yillarda Andijonda tashkil topib, uning nomi guruh asoschisi - 1963 
yilda tug‘ilgan Yo‘ldoshev Akrom nomi bilan bog‘liq. A. Yo‘ldoshev Hizbut tahrirning etakchisi
an-Nabahoniy g‘oyalari asosida 12 darsga mo‘ljallangan «Imonga yo‘l» risolasini yozgan. SHu 
sababdan akromiylarni «Imonchilar» deb ham yuritiladi.



62
Akromiylar ham davlat tepasiga chiqish kabi g‘arazli maqsadlarni ko‘zlaydilar. Biroq, ular 
tahrirchilardan farqli o‘laroq, xalifalik davlatini mahalliy sharoitdan kelib chiqib, avvalo
Andijonda, so‘ng Farg‘ona vodiysida amalga oshirmoqchi bo‘ldilar. Akromiylar siyosiy 
hokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar - «sirli», «moddiy», «uzviy», «maydon» va
«oxirat». To‘rtinchi va beshinchi bosqichlar tamomila islomlashtirish davri tugagach boshlanishi va 
ochiqdan-ochiq hokimiyat uchun kurash bosqichlari bo‘lmog‘i lozim edi.
Bu guruh a’zolari asosan hunarmandlardan iborat bo‘lib, ular rasmiy ishxonalardan bo‘shab, 
jamoa ma’qullagan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlar. Zarurat tug‘ilganda «birodarlari»ga
«jamoa banki»dan moddiy yordam berganlar. Undan tashqari jamoa a’zolariga tashkiliy ravishda 
oziq-ovqat mollari tarqatib turilgan. Quda-andachilik faqat «birodarlar» o‘rtasida amalga
oshirilgan. 


Missionerlik va prozelitizm:

maqsadlar, vazifalar va usullar. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligi to‘liq ta’minlangan. Vijdon 
erkinligi-fuqarorlarning u yoki bu dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik
huquqidir. 
1998 yilda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi Qonuning
yangi tahriri kuchga kirgan vaqtdan boshlab o‘tgan davr ichida Respublikamizda jami 2231 ta 
diniy tashkilot ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 2050 tasi islomiy diniy tashkilotlar va 181
tasini noislomiy diniy tashkilotlar tashkil qiladi. (2037 masjid, 165 xristian va boshqalar). 
YUqirida zikr etilgan qonunning 5-moddasiga ko‘ra: «Davlat diniy konfessiyalar
o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab quvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni 
boshqasiga kiritishga qaratilgan hatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday
missionerlik faoliyati man etiladi» deb belgilab qo‘yilgan.
Missionerlik deganda nima tushunamiz?


Download 351.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling