Dinshunoslik fanidan Mustaqil talim
Mavzu: Diniy ramzlarning zamonaviy talqinlari
Download 97.57 Kb.
|
Dinshunoslik fanidan Mustaqil talim
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Xulosa. Diniy ramzlarning insonlar hayotidagi o`rni.
7. Mavzu: Diniy ramzlarning zamonaviy talqinlariReja:I. Dinning ilk shakllari va ularning mohiyatiII. Asosiy qism.Markaziy Osiyoda tarqalgan din ramzlari:Islom dini ramzlari Xristian dini ramzlari Yahudiy dini ramzlari III. Xulosa. Diniy ramzlarning insonlar hayotidagi o`rni.Diniy ongning shakllanishida asosiy omillar ibtidoiy odamning tabiat injiqliklari oldida ojizligi va undagi qo`rquv, bilimning yetishmasligi hamda boshqalar shunga olib keldiki, uning ongida hayoliy-fantastik tasavvurlar paydo bo`la boshladi. Qabiladagi ijtimoiy munosabatlarning chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining vujudga kelishi, ov hamda mehnat qurollarining takomillashuvi, inson ongining amaliyot bilan bog`liq holda o`sib borishi, dastlabki, ibtidoiy diniy tasavvurlarning shakllanishiga, rivojlanishiga va mustahkamlanishiga, keyinchalik esa diniy g`oyalarning vujudga kelishiga olib keldi. Ushbu diniy g`oyalardan biri dafn etish marosimidir. Ushbu jarayon arxeologik ma’lumotlarga ko`ra dastlab, mil.avv. 100-40 minginchi yillarda, ya’ni neandertal odamlar jamoasi yashagan o`rta paleolit davrida ro`y bergan. Ibtidoiy odam o`z qarindoshlarini ko`mishda, maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilishgan, ular jasadni bo`yoqlar bilan bo`yab, uning oldiga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, mehnat va ov qurollarini qo`yar edilar. Bular ibtidoiy odamlarda oxirat mavjudligi haqidagi dastlabki diniy tasavvurlar paydo bo`layotganligidan darak beradi. Ammo, neandertal odamlar “homo habilis”, ya’ni ishbilarmon odamlar bo`lib, bu davrda ibtidoiy dinlar to`liq shakllandi deb ayta olmaymiz. Ibtidoiy din shakllari tizimli ravishda mil.avv. 40-minginchi yillardan keyin, ya’ni “homo sanies” ongli odam shakllangandan keyin vujudga keldi. Ibtidoiy g`oyalarning yana biri ov qilish moslamasidir. Ibtidoiy odamlar qoyatosh devorlariga turli hayvonlar rasmini chizib, ov baroridan kelishi uchun ular bilan g`ayritabiiy tarzda aloqa bog`lashga intilganlar. Shu bilan birga ular ajdodlarining ruhlari hayvonning xulq-atvoriga ta’sir o`tkazishga katta yordam beradi, degan tasavvurlari mavjud bo`lgan. Bu tasavvurlar keyinchalik, tiriklar bilan marhumlar o`rtasida aloqa bog`lovchi vositachilar – sehrgarlar, shamonlar, folbinlar va boshqalarni vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Bular ibtidoiy odamlarda oxirat mavjudligi haqidagi dastlabki diniy tasavvurlar paydo bo`layotganligidan darak beradi. Ammo, neandertal odamlar “homo habilis”, ya’ni ishbilarmon odamlar bo`lib, bu davrda ibtidoiy dinlar to`liq shakllandi deb ayta olmaymiz. Ibtidoiy din shakllari tizimli ravishda mil.avv. 40-minginchi yillardan keyin, ya’ni “homo sanies” ongli odam shakllangandan keyin vujudga keldi. Ibtidoiy g`oyalarning yana biri ov qilish moslamasidir. Ibtidoiy odamlar qoyatosh devorlariga turli hayvonlar rasmini chizib, ov baroridan kelishi uchun ular bilan g`ayritabiiy tarzda aloqa bog`lashga intilganlar. Shu bilan birga ular ajdodlarining ruhlari hayvonning xulq-atvoriga ta’sir o`tkazishga katta yordam beradi, degan tasavvurlari mavjud bo`lgan. Bu tasavvurlar keyinchalik, tiriklar bilan marhumlar o`rtasida aloqa bog`lovchi vositachilar – sehrgarlar, shamonlar, folbinlar va boshqalarni vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Islom (arab. – boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) 7-asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad Sollallohu alayhi vasallamdir.Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb uqtiriladi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambar-elchilar yuborgan. Ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammad(sollallohu alayhi vasallam)ni tanladi, unga oʻzining kalomi – Qurʼon nozil qildi. Muhammad(sollallohu alayhi vasallam) oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo – Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etganlar. Download 97.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling