Dinshunoslik faniga kirish
elektron ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi
Download 0,91 Mb. Pdf ko'rish
|
DINSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- USTAVDA KO’RSATILGAN TASHKILOT FAOLIYATINING ASOSIY TURLARI
- Markaziy boshqaruv organi
elektron ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi:
mahalliy diniy tashkilotni o‘z tashabbusiga ko‘ra tuzayotgan, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ellik nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari imzolarini o‘z ichiga olgan hujjatning; ta’sis yig‘ilishining mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qarorining; mahalliy diniy tashkilotning davlat tilidagi ustavining; mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari to‘g‘risidagi va uning rahbar organi a’zolari haqidagi hujjatlarning; mahalliy diniy tashkilotning rahbarida diniy professional ma’lumot mavjudligi to‘g‘risidagi hujjatning, bundan ta’limoti diniy professional ta’lim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno; vakolatli organ xulosasining; mahalliy diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkning shaharsozlik normalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilingan holda mahalliy ijroiya hokimiyati organi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) xulosasining. USTAVDA KO’RSATILGAN TASHKILOT FAOLIYATINING ASOSIY TURLARI: 1.ibodat va boshqa diniy marosimlarni tegishli bino va boshqa joylarda o‘tkazish 2. ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiyalanadigan, qariyalar va nogironlar uylarida xayriya faoliyatlarini amalga oshirish 3. diniy ta'lim va tarbiya; 4. noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish, jumladan, diniy adabiyot va buyumlarni, audio va video yozuvlarni ishlab chiqarish, olish, tarqatish, eksport va import qilish 5. ziyoratlarni tashkil qilish, diniy arboblarni qabul qilish 6. ustav maqsadlariga mos keladigan va xizmat qiladigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish. • «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi» Qonunga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tgan va tegishli konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish uchun ularning O‘zbekiston bo‘yicha yagona markaziy boshqaruv organlari tuzilishi mumkin. -7- • Markaziy boshqaruv organi Respublikaning kamida sakkizta hududiy tuzilmasida (viloyat, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) faoliyat ko‘rsatayotgan, tegishli konfessiyalarning diniy tashkilotlari vakillari ta'sis yig‘ilishi tomonidan tuziladi • Markaziy boshqaruv organining asosiy vazifasi o‘z konfessiyasiga tegishli bir nechta diniy tashkilotlarning faoliyatini, dinga e'tiqod qilish, ibodat qilish, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish, diniy ta'lim berish, dinni targ‘ib etish borasidagi maqsad va vazifalarini, harakat dasturlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borishdan iborat • Respublikamizda davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish vazifasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita zimmasiga yuklangan. Download 0,91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling