Dinshunoslik faniga kirish


elektron ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana16.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1507322
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
DINSHUNOSLIK

elektron ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi: 
 mahalliy diniy tashkilotni o‘z tashabbusiga ko‘ra tuzayotgan, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ellik nafardan 
kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari imzolarini o‘z ichiga olgan hujjatning
 ta’sis yig‘ilishining mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini 
saylash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qarorining; 
 mahalliy diniy tashkilotning davlat tilidagi ustavining; 
 mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari to‘g‘risidagi va uning rahbar organi a’zolari 
haqidagi hujjatlarning
 mahalliy diniy tashkilotning rahbarida diniy professional ma’lumot mavjudligi to‘g‘risidagi hujjatning, 
bundan ta’limoti diniy professional ta’lim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno; 
vakolatli organ xulosasining
 mahalliy diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkning 
shaharsozlik normalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilingan holda mahalliy ijroiya 
hokimiyati organi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari) xulosasining. 
USTAVDA KO’RSATILGAN TASHKILOT FAOLIYATINING ASOSIY TURLARI: 
1.ibodat va boshqa diniy marosimlarni tegishli bino va boshqa joylarda o‘tkazish 2.
ota-ona qaramog‘idan 
mahrum bo‘lgan bolalar tarbiyalanadigan, qariyalar va nogironlar uylarida xayriya faoliyatlarini amalga oshirish 
3.
diniy ta'lim va tarbiya; 4.
noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish, jumladan, diniy adabiyot va buyumlarni, 
audio va video yozuvlarni ishlab chiqarish, olish, tarqatish, eksport va import qilish 5.
ziyoratlarni tashkil qilish, 
diniy arboblarni qabul qilish 6.
ustav maqsadlariga mos keladigan va xizmat qiladigan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanish. 
• «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi» Qonunga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tgan va tegishli 
konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish uchun 
ularning O‘zbekiston bo‘yicha yagona markaziy boshqaruv organlari tuzilishi mumkin. -7- 


Markaziy boshqaruv organi Respublikaning kamida sakkizta hududiy tuzilmasida (viloyat, Toshkent 
shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) faoliyat ko‘rsatayotgan, tegishli konfessiyalarning diniy 
tashkilotlari vakillari ta'sis yig‘ilishi tomonidan tuziladi 
Markaziy boshqaruv organining asosiy vazifasi o‘z konfessiyasiga tegishli bir nechta diniy 
tashkilotlarning faoliyatini, dinga e'tiqod qilish, ibodat qilish, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda 
ado etish, diniy ta'lim berish, dinni targ‘ib etish borasidagi maqsad va vazifalarini, harakat dasturlarini 
muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borishdan iborat 
• Respublikamizda davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish 
hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish vazifasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita zimmasiga yuklangan. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling