Dinshunoslik faniga kirish


МАRKAZIY ОSIYO ХАLQLARI DINLARI VA E’TIQODLARI : DINNING IBTIDOIY SHAKLLARI


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/31
Sana16.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1507322
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
DINSHUNOSLIK

МАRKAZIY ОSIYO ХАLQLARI DINLARI VA E’TIQODLARI : DINNING IBTIDOIY SHAKLLARI 
Fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud: 
Birinchi, “teologik yondashuv”  (dinning paydo bo‘lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog‘liq) 
Ikkinchi, “materialistik yondashuv” (dinlar soddadan - murakkabga, umumiylikdan - xususiylikka, 
ko‘pxudolikdan - yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyutsion jarayonni bosib o‘tgan) 
Materialistik maktab tarafdorlarining fikricha: 
Odamlarning tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini bilmasligi,ular oldidagi ojizligi, doimo tahlika 
va qorquvda yashashlari natijasida din vujudga kelgan Tomas Gobbs  
Ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida “ajdodlarga sig‘inish” sabab bo‘lgan;
 
Xerbert Spenser
Diniy ong asoslarining shakllanishi 
Ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega edi 
• Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe'l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli 
hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf 
etishiga ta'sir ko‘rsatdi 
Totem so‘zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida «uning urug‘i» ma'nosini anglatadi. 
Uning mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor», 
deb e'tiqod qilishdir.
Insoniyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy vazifalari 1. Birlashtiruvchilik 
2.Tartibga soluvchilik 
Animizm (lotin tilida anima - ruh, jon ma'nolarini anglatadi). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat 
kuchlarini ruhlantirish hayvonot, o‘simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi 
ta'limotni ilgari suruvchi ilk diniy shakllardan biri. -8- 


 Animizm zamonaviy dinlarning barchasining asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Jumladan, jahon dinlari 
bo‘lmish buddaviylik, xristianlik va islomda ham ruhlar haqidagi ta'limot mavjud. 
 («Shomon» so‘zining tungus tilidagi ma'nosi «sehrgarlik») Ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida 
amalga oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasi Sehrgarlik (afsun, magiya) 
Shamanlar va afsungarlar jazavali va asabiy kishilar bo‘lib, odamlar ularni ruhlar bilan muloqotda bo‘lishiga,
Ularga jamoaning umid va niyatlarini yetkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga
chuqur ishonganlar. 
Afsungarlik maqsadga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:  
• Harbiy afsungarlik Sevgi afsungarligi Tibbiy afsungarlik Ob-havo afsungarligi 
Fetishizm (fetish so‘zi portugalcha “fetisho”, fransuzcha “fetish” – “sehrli narsa”, “but”, “sanam”, 
“tumor” ma'nosidagi so‘zni anglatadi).
• Uning mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‘inishdir. 
• Unga ko‘ra alohida buyumlar kishining o‘z maqsadiga erishtirish, ma'lum voqyea-hodisalarni o‘zgartirish 
kuchiga ega.
• Yog‘och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan 
• Butlarda va tumorlarda jamoalar g‘ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko‘rdilar 
• Bunday fetishga odatda afsungarlar, shamanlar ega edilar. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling