Dinshunoslik faniga kirish
MARKAZIY OSIYODAGI BIRINCHI XRISTIAN MISSIONERLARI. SHARQDA XRISTIANLIKNING TARQALISHIGA QO‘L KELGAN
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
DINSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’RTA OSIYODA XRISTIANLIKNING TARQALISHI
- O‘ZBEKISTON HUDUDIDA XRISTIANLIK
MARKAZIY OSIYODAGI BIRINCHI XRISTIAN MISSIONERLARI. SHARQDA XRISTIANLIKNING TARQALISHIGA QO‘L KELGAN
OMILLAR • Xristianlik ta’limotining tarqalishida xristian jamoalarining Sharq va Janubga harakatlari davrida amalga oshirgan keng missionerlik faoliyatlari katta rol o‘ynadi. Xristianlikning Markaziy Osiyoga kirib kelishiga Rim imperiyasida xristianlarning beayov tazyiq ostiga olinishlari ham sabab bo‘ldi • O’RTA OSIYODA XRISTIANLIKNING TARQALISHI • III asrga tegishli bir Suriya manbai O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘ini o‘z ichiga olgan Kushon davlatidagi xristianlar haqida ma’lumot beradi. Ular Eron, O‘rta Osiyo aholisini xristianlik bilan tanishtirdilar, Mongoliya cho‘llari va hatto Xitoygacha yetib bordilar. • O’RTA OSIYODA XRISTIANLIKNING TARQALISHI • Xristianlikning oldin Eronda, keyin O‘rta Osiyoda tarqalishini an’anaga ko‘ra, xristianlarning avval Vizantiya, keyin esa Sosoniy hukmdorlari tomonidan tazyiq ostiga olinishlari bilan bog‘laydilar. • Xristianlarning Sharqqa harakatlanishi Buyuk ipak yo‘li savdo yo‘llarining shakllanishi, unga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan muayyan hunarmand hamda savdogar qatlam va guruhlarning shakllanishi bilan ham bog‘liq. • O’RTA OSIYODA XRISTIANLIKNING TARQALISHI • Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoning janubiy chegaralariga yaqin erlarda joylashgan jamoalar bu erda xristianlikning paydo bo‘lishida asosiy rol o‘ynagan. • Ular Vizantiya, Suriya, Falastin va Erondan O‘rta Osiyoga ko‘chib kelib, bu erda o‘zlari bilan olib kelgan o‘z madaniyati, san’ati va diniy ta’limotini tarqatishgan. • Marv xristianlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar eng qadimgi hisoblanadi. • Ilmiy adabiyotda shunday fikr mavjudki, xristianlar, Beruniy guvohligi bo‘yicha, Marvda Iso Masih tug‘ilganidan 200 yil o‘tgach paydo bo‘lgan. • Beruniy Marvga xristianlikning dindor Baraxiy tomonidan 200 yildan keyin olib kirilgani haqida ma’lumot beradi. • O’RTA OSIYODA XRISTIANLIKNING TARQALISHI • Buyuk ipak yo‘lining quruqlikdagi missionerlik trassalari Hindiston va Eron, O‘rta Osiyo davlatlari orqali Baktriya janubidan markaziy hududlarga – Farg‘ona, Sug‘dga, keyin esa - Choch orqali yanada shimolroqdagi hududlarga: Janubiy Qozog‘iston, Sibir va Yettisoyga o‘tgan. Trassalardagi missionerlar faoliyatining izlari O‘rta Osiyo qishloq va shaharlarining moddiy madaniyati va yozma manbalarida saqlanib qolgan. • O’RTA OSIYODA XRISTIANLIKNING TARQALISHI • Xristian jamoalari paydo bo‘lgan birinchi shaharlar deb Marv, Samarqand va, balki, Termiz hisoblanadi. Chunki ular hududidan ilk karvon yo‘llari o‘tgan • Marv ma’lumotlariga ko‘ra, II asrdan boshlab shaharning g‘arbiy devorlari ortida cherkov binolari paydo bo‘ladi. Marvda Episkop paydo bo‘lgandan so‘ng, ya’ni IV asrdan boshlab ibodatxona shaharga o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin. • Chunki shahar atrofida xristian qabristoni joylashgan. Bu esa xristianlrannig soni ko‘pligidan dalolat beradi • O‘ZBEKISTON HUDUDIDA XRISTIANLIK • VII asrda xristian jamoalari O‘rta Osiyoning markaziy va sharqiy mintaqalarida patriarx Ieshuyab II davrida (628-643) ko‘paydi. -17- • Samarqandda mitropoliya faoliyat ko‘rsatar edi. • Hozirgi Urgut shaxri o‘rnida bo‘lgan tog‘li hudud Shavdardagi Vazkerd xristian jamoasining gullab-yashnashi taxminan shu davrga to‘g‘ri keladi. • O‘zbekiston hududida xristianlik • Ilk o‘rta asrlarda (IV-VIII asr) Sug‘d, Usrushona, Shosh, Xorazmda nestorian xochlari suratlari, Sug‘d yozuvi va muqaddas xayvonlar tasviri tushirilgan tangalar zarb etilgan. • Samarqandda muqadddas Mina buyumi keramikadan ishlangan bo‘lib, undagi avliyoning ikki elkasida xoch, oyoqlari ostida yotgan ikkita tuya tasviri ifodalangan. • Bunday tarixiy buyumlarning topilishi Samarqand va uning atroflari xristianlar uchun muqaddas joy bo‘lganligidan dalolat beradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling