Dinshunoslik faniga kirish


Markaziy Osiyo xalqlari dinlari (buddizm va xristianlik)


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/31
Sana16.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1507322
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
DINSHUNOSLIK

Markaziy Osiyo xalqlari dinlari (buddizm va xristianlik)
BUDDA HAQIDAGI AFSONA 
• Bir afsonada ta’kidlanishicha, buddizmning paydo bo‘lishi dunyoga «Nurlangan Budda» nomi bilan mashhur 
Siddxartxa Gautama Shakyamuni hayoti bilan bog‘liq Shakya qabilasidan bo‘lgan knyaz o‘g‘li Gautama mil. av. VI 
asrda dunyoga keldi. Donolar tomonidan uning kelajagi g‘ayrioddiy bo‘lishi haqida bashorat qilingan edi. Yosh 
Gautama o‘z ota uyidan g‘am-g‘ussaga to‘la holda chiqib ketadi. Sochini oldirib, dag‘al kiyimlarni ustiga kiyib, 
yoshligida o‘tgan beg‘am, betashvish hayotidagi gunohlarini yuvish va buyuk haqiqatni anglash maqsadida o‘zini 
mashaqqat va riyozatga solib, dunyoni keza boshlaydi. 
GAUTAMA TO‘RT MUQADDAS HAQIQATNI ANGLAB, NURLANGAN BUDDAGA AYLANADI 
• Gautama chuqur fikr yuritib to‘rt muqaddas haqiqatni anglaydi: 
• dunyoni g‘am-qayg‘u boshqaradi;
• uning sababchisi xohish va istaklarga to‘la hayotning o‘zidir;
• g‘am-qayg‘ulardan nirvanaga chuqur berilish bilangina qutulish mumkin;
• haqiqatni tushunib yetgan kishini kulfatlardan qutulib, nirvanaga erishishga olib boradigan yo‘l, uslub mavjud.
BUDDIZM TA’LIMOTI
Buddizm - bu hayot charxpalagi, uzluksiz qayta tug‘ilishlar sikli haqidagi ta’limotdir.
• Inson qanchalik sahovatli hayot kechirib, savob ishlarni ko‘p qilib o‘tgan bo‘lsa, uning keyingi taqdiri shunchalik 
baxtliroq bo‘ladi, Buddaning holati nirvanaga qisqaroq yo‘l bilan erishadi. 
• Insonning yaxshi va yomon xatti-harakatlarining yig‘indisi uning qanday shaklda qayta tug‘ilishini belgilab beradi.
BUDDIZM TA’LIMOTI
• Buyuk Budda (Shakyamuni) bilan bir qatorda qayta tug‘ilishlar zanjirining boshida turuvchi buddalar buddasi 
bo‘lgan Adibudda mistik shaxsidan boshlab ko‘plab boshqa buddalar ham paydo bo‘ldi.
• Bu buddalar ko‘p sonli bodxisatvalar qatori shaxslashtirilgan, o‘z nomi, qiyofasi, tarjimai holi, xizmat va vazifasiga 
ega bo‘lib, ulug‘lash va sig‘inish ob’ektiga aylanib qolgan. 
• -15- 



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling