Dinshunoslik faniga kirish


Yahudiylik. Buxoro yahudiylari jamoasi tarixi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/31
Sana16.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1507322
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
DINSHUNOSLIK

Yahudiylik. Buxoro yahudiylari jamoasi tarixi
• Yahudiylik dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Yahudiylik miloddan avvalgi II ming 
yillikning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. Yahudiylik 
millat dini bo‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos.
Eng yirik yahudiy jamoalari Isroilda 5,6 mln., AQShda 5,6 
mln., Kanadada 350 ming, G‘arbiy Evropa davlatlaridan Frantsiyada 310 ming, Germaniyada 230 ming 
kishini tashkil qiladi. 
Buxoro yahudiylari jamoasi tarixi 
• Miloddan avvalgi 722 yilda Isroil podshohligi Ossuriya tomonidan, miloddan avvalgi 586 yilda esa Bobil 
davlati tomonidan bosib olingach, yahudiy xalqining bir qismi o‘lkadan haydab chiqarildi. Bu esa 
yahudiylarning Osiyo o‘lkalari bo‘ylab tarqalib ketishiga sabab bo‘ldi. Yahudiylar O‘rta Osiyoda 
So‘g‘diyona davlati davrida, ya’ni miloddan avvalgi II asrda paydo bo‘ldilar. Ular Eron orqali Marvga kelib
so‘ng u erdan Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarga tarqaldilar. 
• Yahudiylarning O‘rta Osiyoda paydo bo‘lishi tarixi juda murakkabdir.
• Ko‘pchilik tadqiqotchilar ularning bu erda paydo bo‘lishlarini milodning birinchi asrida vujudga kelgan 
«Buyuk ipak yo‘li» faoliyati bilan bog‘laydilar. 
• Yahudiylarning Balx shahrida paydo bo‘lishlari esa faqatgina milodning IV asriga to‘g‘ri keladi.
• Milodiy IX-X asrlarda yahudiy jamoalari ancha ko‘p sonli va erkin bo‘lganlar. X-XIII asrlar Buxoro 
yahudiylari uchun ma’naviy-ruhiy jihatdan o‘sish davri bo‘ldi. Ular Iroq yahudiy markazidan uzoqda
O‘rta Osiyo hududlarida yahudiylikka oid qarashlarini rivojlantirdilar va Tora qonunlariga moslashtirdilar. 
• XIII asr boshiga kelib, Chingizxon qo‘shinlari Movarounnahr shaharlarini birma-bir qo‘lga kiritgach, yerli 
aholini shafqatsiz ravishda qirg‘in qildilar. Qadimgi yahudiy jamoalari ham inqirozga uchradi.
• Saqlanib qolgan kam sonli yahudiylar Buxoro va uning atroflarida yashaganlar. XIII asrda boshlangan 
yahudiylar inqirozi, ba’zi istisnolardan tashqari, XVIII asrga qadar davom etdi.
• -14- 


• Amir Temur va temuriylar davrida Movarounahr mintaqasiga Erondan ko‘pgina yahudiy jamoalari ko‘chirib 
keltirilgan, ularning bir qismi Buxoroda yashagan. 
• XVIII asrning boshlarida O‘rta Osiyoda yuz bergan siyosiy jarayonlar tufayli yahudiylar Eron, Afg‘oniston, Xiva, 
Qo‘qon va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketdi.
• XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bir qismi bosib olinishi yahudiylarning 
yana Turkiston va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketishiga olib keldi.
• O‘rta Osiyo yahudiylari Buxoro amirligi hududlarida yashaganliklari tufayli «Buxoro yahudiylari» nomi bilan 
tanilgan bo‘lsalar-da, ularning asosiy qismi ko‘proq Samarqandda yashagan. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling