Tangrichilik ta’limotining tarixiy yodgorliklardagi tavsifi
Milodiy V-VIII asrlarga oid O‘rxun-Enasoy yodgorliklari bitiklarida Tangri yagona, azaliy, abadiy, hayot beruvchi, yaratuvchi, o‘ldiruvchi, hukm qiluvchi, yordam beruvchi, jazolovchi, bandaning duosini qabul qiluvchi, himoya qiluvchi va mag‘firatiga oluvchi, hamma narsani biluvchi, insonlarga ilm beruvchi va yo‘l ko‘rsatuvchi sifatlar bilan maqtalgan.
Shuningdek, bitiklarda u hoqonlarni hokimiyat bergan va mustaqil davlat tuzishlariga ko‘maklashgani ham qayd etilgan.
Qadimgi turkiylar e’tiqodiga ko‘ra, butun borliq ustidan yagona hukmdor Tangri o‘ziga bir qator ko‘makchi ma’budlarni ham yaratgan.
- Jumladan, ushbu panteon:
- Umay (Jumay, ona ma’buda),
- Erlik (ota ma’bud),
- Yer, Suv, Olov, Quyosh, Oy, Yulduzlar, Havo, Bulut, Shamol, To‘fon, Momoqaldiroq, Chaqmoq, Yomg‘ir, Kamalak ma’budlaridan iborat bo‘lgan.
- Tangri Er va boshqa ruhlar (Yurt egasi, Suv onasi) bilan Er olami ishlarini hal qilib, barcha jonzotlarning umrini belgilagan.
Tangrichilikka ko‘ra, olam 3 qavatdan iborat.
Quyi olamni Erlik (Erklig) boshqargan.
O‘rta olamni Er-Suv
Yuqori olamning hukmdori, bosh ilohi Tangri
Tangrichilikda tabiat va inson o‘rtasida chegara daxlsizligini saqlashga alohida e’tibor bilan qaralgan
Agar inson tabiatga me’yordan ortiq zarar yetkazsa, unda tabiat ruhlarining roziligiga erishish uchun qurbonlik keltirish zarur bo‘lgan.
Qurbonliklar yirik tog‘lar yoki daryolar oldida ommaviy ravishda o‘tkazilgan. Daraxtlar orqali ma’budlar oziqlanadi, - deb e’tiqod qilingani sababli qurbonlik qonlari daraxtlar ostiga quyilgan.
Lekin, odamlar tabiat ruhlarini o‘zlariga hamkor sifatida qarashgan, ularni qarindosh yoki ajdodlar ruhlari deb bilishgan.
Moniylik
Moniylikka Surayk ibn Fatak (216-276) tomonidan asos solingan
Moniylik G‘arbda Rimgacha, Sharqda Xitoy va Hindistongacha bo‘lgan hududda keng yoyilgan
O‘ziga xabar bergan ilohning nomini Moniy «ikki mohiyat ruhi» deb atagan
Moniyning yoshligi gnostiklar ibodatxonasida o‘tgan va 12 yoshga to‘lganida o‘ziga vahiy kelganini ma’lum qilgan
Ushbu din qadimgi Bobil dinlari, yahudiylik, xristianlik, buddaviylik va zardushtiylikning diniy ta’limotlari asosida vujudga kelgan
241 yil Moniy
24 yoshga etganda unga o‘z ilohidan yana vahiy kelgan va nihoyat o‘z ta’limotini ochiq va baralla targ‘ib qilish vaqti yetganini bildirgan.
242 yilda Fors davlati shohi Shopur I ning taxtga o‘tirish va toj kiyish marosimi paytida Moniy birinchi marta o‘z ta’limotini ommaviy bayon etib, va’z aytgan.
Shundan so‘ng Moniy Shopur I ning vafotiga qadar (273 yil) mamlakatda o‘zining diniy targ‘ibotini olib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |