Dinshunoslik sirtqi ta’lim yo‘nalishlari 2-bosqich bakalavriat talabalari va professor- o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanma
-mavzu. DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Oquv qollanma Dinshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu o‘quv maqsadi
1-mavzu. DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH
Reja: 1. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti 2. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi. 3. Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi. 4. Dinlarni tasniflash. Tayanch tushunchalar: Din, e’tiqod, diniy tashkilot, diniy ong, religiya, «religio», transsendent, immanent, kult, dinshunoslik, transsendent hodisa, topinish obyekti, mutloq ruh, «al-Firaq», «ar-Radd», «ad-Diyonot», «al-Milal», din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi. Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarda dinning mohiyati, dinshunoslik fanining yuzaga kelishi tarixi, dinshunoslik fani sohalari, dinning jamiyatdagi funksiyalari, dinlarning tasnifi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish. 1. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dinlarni o‘rganish uzoq tarixga ega. Bu boradagi ilk ma’lumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri «tarix otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Bu qiziqish O‘rta asr Yevropasida ham mavjud bo‘lgan. Lekin boshqa dinlar haqida ma’lumot beruvchi shaxslar, xristian dinining hukmron mafkurasi ta’siri ostida bir tomonlama va yuzaki fikr bildirganlar. Islom olamida ham dinlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv(munozara)larni o‘z ichiga olgan «maqola»lar (keyinchalik «maqolot»), VIII -IX asrlardan e’tiboran esa boshqa dinlarga «raddiya»lar yozila boshlangan. Keyingi asrlardan esa «al-Firaq» (Firqalar), «ar-Radd» (Raddiya), «ad-Diyonot» (Dinlar) va «al-Milal» (Xalqlar) yo‘nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan. «Ad-Diyonot» (Dinlar) yo‘nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an- Navbaxtiyning (vaf. 910) «al-Aro vad-diyonot» (E’tiqodlar va dinlar) kitobi hisoblanadi. Keyinchalik Mas’udiy (957) o‘zining «ad-Diyonot» (Dinlar), Masbihiy (1029) «Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti» (Dinlar va e’tiqodlar vasfida maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning (973-1048) «Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av marzulatin» (Aqlga maqbul yoki noma’qul bo‘lgan Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi. «Al-Firaq» (Firqalar) yo‘nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur Abdulqodir al-Bag‘dodiyning (vaf. 1038) «al-Farq baynal-firaq» (Firqalar orasidagi farq) asari hamda Abul-Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf. 1092) «Baynal-adyon» (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin. 6 «Al-Milal» yo‘nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012) «al- Milal van-nihal» (Dinlar va xalqlar), Abu Muhammad Ali Ibn Hazmning (vaf. 1064) «Kitobul-fasl fil-milal val-ahvoi van-nihal» (Dinlar, havo va xalqlar haqida ajraluvchi kitob), Abul-Fath Muhammad ibn Abdulkarim ash-Shahristoniyning (vaf. 1183) «al-Milal van-nihal» asarlarini sanash mumkin. «Ar-Radd» (Raddiya) yo‘nalishida ham ko‘plab asarlar dunyo yuzini ko‘rgan. Ularga Imom G‘azzoliyning (vaf. 1111) «ar-Raddul jamil» (Go‘zal raddiya), Ibn Kalbiyning (vaf. 819-821) «Kitobul-asnam» (Butlar kitobi) nomli asarlarini alohida qayd etish lozim. Darhaqiqat, Musulmon Sharqi o‘lkalarida bu sohada ko‘plab asarlar yaratilgan bo‘lib, keyinchalik ular «Dinshunoslik» fanining taraqqiyoti uchun fundamental manba bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «al- Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston», Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning «al-Milal van-nihal» («Dinlar va oqimlar»), Ibn Hazm Andalusiyning «al-Fasl fil-milal val-ahvo van- nihal» («Dinlar, adashgan firqalar va mazhabni ajratish») kabi asarlari, shuningdek, Ibn Nadim (987-988) va Abul Hasan Omiriy kabilarning tadqiqot ishlari ko‘plab Yevropa tillariga tarjima qilingan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini o‘rganuvchi G‘arb mutaxassislarining dinlar tarixiga oid islomiy tadqiqot ishlaridan asosiy manba sifatida foydalanishlari uchun qulay imkon yaratdi. Bunday asarlarda mualliflar tarixiy voqe’likni to‘g‘ri va xolis yoritganlar. Ular o‘zlari musulmon bo‘la turib, boshqa din va e’tiqodlar haqida ma’lumot berish yoki ularni tavsif qilishda noxolislikka olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxsiy hissiyotlarni suiste’mol qilmaganlar. Buni Shahristoniyning quyidagi so‘zlari tasdiqlaydi: «Men har bir firqani (din yoki diniy yo‘nalishlarning hech birini) yoqlamay, kamsitmay, ularning kitoblarida qanday bo‘lsa, shundayligicha, undagi xatolarni ajratib ko‘rsatmay bayon qilishga ahd qildim». Beruniy o‘zining «Hindiston» asari haqida shunday yozadi: «Bu kitob bahs- munozara kitobi emas, tarix kitobidir. Hindlarning dinlarini ularning o‘zlaridan o‘rganib, fikrlarini tanqid qilmay bayon qilaman». Bu Beruniy asarlarining butun dunyoga mashhur bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ibn Nadim esa: «Dinshunoslik fani hijriy IV-V asrlarga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi.», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to‘g‘ri kelib, aynan shu davrda Beruniy o‘zining «Hindiston» asarini yozgan. Yevropada XVII asrga kelib cherkov ta’siridan holi ravishda din haqida dastlabki noodatiy fikrlar bildirila boshlandi. Fransuz ma’rifatparvarlari (Volter, Didro, Golbax) din insonlarning yolg‘oni va jaholatining natijasi, din insonlar hayotidan yiroqlashgani sari taraqqiyotga yo‘l ochiladi, deb hisoblagan. Tabiiyki, bu kabi yondoshuvlar biryoqlama hamda yuzaki bo‘lib chiqdi. Olmon faylasufi I.Kant dinga transsendent hodisa sifatida baho berib, uni eksperimental va nazariy tadqiqot chegaralaridan tashqaridagi, xudoga bo‘lgan 7 ishonchga asoslangan holda ruhning mavjudligi va abadiyligi to‘g‘risidagi maslak sifatida talqin qildi. Gegelning “din falsafasi bo‘yicha ma’ruzalar”i falsafiy nuqtai-nazardan talqin qilingan bo‘lib, juda abstrakt shaklda ta’riflagan. Uning fikriga ko‘ra din uchta bir-biriga bog‘liq elementlarni o‘z ichiga qamrab oladi: - inson ruhiyatining mutloq ruh bilan suhbati natijasi o‘laroq diniy tasavvur (g‘oyalar) yuzaga kelishi; - mazkur g‘oyalar diniy his-tuyg‘u va tajribalarni yaratishi; - diniy g‘oya va diniy his-tuyog‘ular sintezi sifatida marosimlarni paydo bo‘lishi; Umuman, Gegelning dinga bergan ta’rifidagi dinning tuzilishi haqidagi qarashlari ilmiy jamoatchilik orasida e’tirofga erishdi. XIX asrga kelib K.Marksning dinga nisbatan keskin tanqidiy ruhdagi ta’rifi paydo bo‘ldi. U din haqida “yolg‘on dunyoning yanglish dunyoqarashi”, “shavqatsiz dunyoning yuragi” va nihoyat, “din xalq uchun afyundir” kabi bir qancha g‘oyalarni o‘z asarlarida keltirib o‘tar ekan, “din kishilik jamiyatining nomutanosibligi, ijtimoiy-adolatsizlik va zulm oqibatida yuzaga kelgan soxta tasavvur sifatida jamiyatda kompensatorlik(tasalli beruvchilik) vazifasini bajaradi. Shunday ekan, adolat o‘rnatilgan kommunistik jamiyatda din o‘z-o‘zidan yo‘qoladi” deya baholadi. Rus mutafakkir va faylasuflari (Dostoyevskiy, Solovyev, Berdyayev va boshqalar) din madaniyatning negizi bo‘lishi bilan birga uning tashkiliy g‘oyasini axloqning asosi sifatida e’tibor qaratishdi. Ular hozirda mavjud barcha madaniyat va sivilizatsiyalar diniy poydevor ustiga qurilganini birinchilardan bo‘lib aytishgan. Bundan tashqari, ular kelajakda ham dinsiz madaniyat paydo bo‘lishi imkonsiz ekani haqidagi qarashlarini bayon qilidi. Ehtimol, din haqidagi turli ta’riflar sintezi uning mohiyatini to‘laroq anglash imkoniyatini berishi mumkin. Biroq, yuqorida dinga berilgan ta’riflarning hech biri dinning mohiyatini to‘la ravishda ochib berdi, deb ayta olmaymiz. Zamonaviy Dinshunoslik esa qariyb bir yarim asr avval paydo bo‘ldi. G‘arbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900) tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo‘l ochgan va kattagina e’tibor qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan ma’ruzalar o‘qigan. O‘zining «Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi» asarida u ilk bora «religious studies» (dinshunoslik) so‘zini qo‘llagan. Shunday qilib davrlar o‘tishi bilan Parij, Bryussel va Rim kabi markazlarda dinshunoslik universitetlar ta’lim dasturlaridan joy olgan. 8 XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik sohasida olib borilgan izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan sohada bir qancha mutaxassislar yetishib chiqqan. Ulardan Van der Lyu, R.Otto, G.Menshing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.Sharp, Ninian Smart, M.Kitagava, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.Shoyps va Mixayel Paylar nomini zikr qilishimiz mumkin. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling