Dinshunoslik sirtqi ta’lim yo‘nalishlari 2-bosqich bakalavriat talabalari va professor- o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanma


-mavzu. MISSIONERLIK VA PROZELITIZM: TARIX VA BUGUN


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/45
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1550108
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
Oquv qollanma Dinshunoslik

3-mavzu. MISSIONERLIK VA PROZELITIZM: TARIX VA BUGUN
TARG‘IBOT USULLARI 
Reja
1. 
Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. 
2. 
Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi. 
3. 
Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari. 
4. 
Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari. 
 
Tayanch tushunchalar: Missionerlik, prozelitizm, sekta, diniy sektalar, 
diniy tashkilotlar, iyegovo shohidlari, yettinchi kun adventistlari, missiya, Bibliya 
jamiyati.
Mavzu o‘quv maqsadi: missionerlik va prozelitizmning asl maqsadlarini 
tushuntirish, missionerlik tashkilotlarining vazifalarini ko‘rsatish, ularning salbiy 
oqibatlarini bayon qilish. 
1. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Missionerlik so‘zi 
asli lotincha bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish» degan ma’nolarni anglatadi.  
Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan prozelitizm esa, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni 
qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra 
missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini 
xristian missionerlari tashkil etadi. Dastlabki xalqaro xristian missiyalari, 1910 
yilda Shotlandiyaning Edinburg shahrida paydo bo‘lgan edi. Bugungi kunda 
yuzlab shunday maqomga ega missiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularni yanada 
rivojlantirish, yetarli moddiy, ma’naviy va inson resurslari bilan ta’minlash juda 
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Odatda, xalqaro missiyani tashkillashtirishda ma’lum bir 
konfessiyaning barcha shoxobchalari qatnashadi. Masalan, tashkilotning nashriyoti 
uni tegishli adabiyotlar bilan ta’minlasa, tadqiqot markazi muayyan mamlakat 
aholisi, uning hayot tarzi, urf-odatlari, zaif tomonlari haqidagi ma’lumotlarni 
yig‘ish va diniy adabiyotlarni mahalliy tillarga tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. 
Missiyani moddiy-moliyaviy ta’minlashda ishlab chiqarish tuzulmalarining
missioner kadrlar tayyorlash va ko‘ngilli homiylarni topishda missionerlik 
bazalarining ahamiyati beqiyosdir. Mana shunday kuch va tayyorgarlik bilan 
xalqaro missiya istalgan mamlakatda tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali 
tashkil etishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.


39 
Ayni damda, missionerlik faoliyati bilan faol shug‘ullanishga harakat 
qilayotganlar orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda yangi paydo 
bo‘lgan sektalar borligini ham ta’kidlash zarur. Sekta bufaqat o‘zini haq din, 
insonlarni najotga yetkazuvchi deb da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va 
iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydigan guruh hisoblanadi. Psixologlar mazkur 
sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg‘in quroli» deb ta’riflaydilar.  
Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda 
ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan 
holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi 
kunda missionerlik faoliyati bilan asosan turli sektalar shug‘ullanadi. Hozirgi 
kunda taxminan 5000 ta sektaning faoliyati aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 
mamlakatimiz bilan chegaradosh bo‘lgan davlatlarda «Богородичий центр», 
«Церковь объединения», «Церковь Иисуса», «Церковь Нового Завета», 
«Белое братство», «Божественный орден Первого Ангела», «Фархат ата», 
«Дианетика» kabi yuzlab diniy sektalar faoliyat olib bormoqda. Iblisga ibodat 
qilishga asoslangan «Satanizm» sektasi ham ayrim qo‘shni respublikalarda keng 
tarqalmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan mazkur sektaning 
Rossiyada 100 ming, yer yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor. 
Mazkur sektalar aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning 
yaqinligi bilan qo‘rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor 
bo‘lganlar ichida tashviqot olib borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga 
harakat qilmoqda. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling