Dinshunoslik sirtqi ta’lim yo‘nalishlari 2-bosqich bakalavriat talabalari va professor- o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanma


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/45
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1550108
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Oquv qollanma Dinshunoslik

DEV VIZARESH – zardushtiylikda inson vafotidan so‘ng uning qilmishi 
yovuzlik bo‘lsa, jazo beruvchi, do‘zaxga tashlovchi ma’bud. 
DENKART («Imon faoliyati») – IX asrda Sosoniylar hukmronligi davrida 
yozilgan qomusiy lug‘at bo‘lib, u o‘z ichiga badiiy va tarixiy ma’lumotlarni 
olgan. Dastavval 9 bo‘limdan iborat bo‘lgan, keyinchalik uning 2 qismi 
yo‘qotilgan.
DIAKON (yunoncha, xizmatchi) – xristian cherkovlaridagi eng quyi ruhoniylik 
darajasi.
DINIY MUTAASIBLIK – o‘z aqida va g‘oyalarining shak–shubhasiz 
to‘g‘riligiga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilganlikni, boshqa firqa va 
mazhablarga murosasiz munosabatni ifodalovchi qarashlar va xatti–harakatlar 
majmui. 
DINIY SEKTA – ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib 
chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda 
din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruh. 
DODGOH – zardushtiylikda hamma uchun ochiq bo‘lgan muqaddas olov yoniq 
turadigan xona.
DRUDJ – zardushtiylik dinida yolg‘on so‘z. 
DUJVARTSHTA – zardushtiylik dinida yovuz fikr. 
DUJMATADAN – zardushtiylik dinida yovuz amal. 
DUJUXTA – zardushtiylik dinida yovuz so‘z. 
YEPISKOP (yunoncha, «nazoratchi») – xristian cherkovidagi ruhoniylik unvoni. 
Yepiskoplar havoriylarning izdoshlari, deb hisoblanadi.


83 
JABROIL – Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasida elchi vazifasini bajaruvchi 
farishta. 
ZAKOT – (arabcha, poklash) ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir 
qismini (2,5 %) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat 
kishilar uchun farz etilgan. 
IMON – ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa «La ilaha illallohu 
Muhammadun rasululloh» («Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – 
Allohning payg‘ambari») kalimasini til bilan aytib (al–iqror bi–l–lison), dil bilan 
tasdiqlash (at–tasdiq bi–l–qalb) demakdir. 
INJIL – (yunoncha, «Yevangeliye») «Yangi Ahd»dagi Mark, Matto, Luqo va 
Yuhannolardan rivoyat qilingan kitoblar nazarda tutiladi. Ularda Iso Masihning 
hayot yo‘li va mo‘‘jizalari bayon qilingan.
QADIMGI AHD – «Bibliya»ning qismlaridan biri. «Tavrot» (Musoning 5 kitobi), 
«Zabur» va boshqa kitoblardan iborat, jami 39 kitobni o‘z ichiga oladi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling