Dinshunoslik


Download 0.73 Mb.
bet1/2
Sana25.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#177222
  1   2
Bog'liq
Dinshunoslik 8

Dinshunoslik

  • MAVZU:
  • Islomdagi mazhablar va yo’nalishlar
  • Reja 1.Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi.
  • Islomda Mo‘‘taziliylik, Qadariya, jabariya va mushabbihalar.
  • Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi.
  • Imom Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi.



Islom mazhabchiligi — islom dinidagi turli oqim va firqalarning umumiy nomi. I. m. Qurʼon va hadisni turlicha talqin qilish, islom tarixida gʻoyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy hayotning boshqa sohalarida yuz bergan ixtiloflar natijasida vujudga kelgan. Tor maʼnoda — shariatga xos huquq yoʻnalishlarini anglatsa, keng maʼnoda — dindagi ajralgan barcha guruhlarni ifodalaydi. Ularni bir-biridan farqlash lozim. Islomdagi asosiy yoʻnalishlar — sunniylik, shialik, xorijiylar. Bulardan sunniylik va shialik hozir mavjud, lekin xorijiylar yoʻnalishi oʻrta asrlardayoq koʻp firqalarga ajralib, keyinchalik yoʻqolib ketgan, undan faqat bitta — ibodiylar (abodiylar) firqasi saklanib qolgan; Islomdagi firqalar — ularning eng kupi shialik ichidagi firqalardir; shariat mazhablari — islomdagi ajralishning alohida shaklidan iborat (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, jaʼfariylik) (ya na q. Mazhab); ilohiyot oqimlari — ular islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar boʻyicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. 14-asrdan keyin ularning barchasi yoʻqolib ketgan; Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari — ularning koʻplari oʻrta asrlardayoq yoʻqolib ketgan. Oʻrta Osiyoda — naqshbandiylik, yassaviylik, kubraviylik, Kavkazda muridlik, xorijiy Sharq mamlakatlarida qodiriylar, bektoshiylar, rifoʼiylar, tayfuriylar va b. tariqatlar keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling