Dinshunoslik


 Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi


Download 0.73 Mb.
bet2/2
Sana25.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#177222
1   2
Bog'liq
Dinshunoslik 8

1. Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi. 632 yilda Payg‘ambar (alayhis-salom) vafotidan so‘ng hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan boshqarildi. Birinchi Abu Bakr, ikkinchi Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib xalifa bo‘ldi. Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va firqalanish bo‘lmadi. Usmon xalifaligi davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar paydo bo‘lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to‘da odamlar Hazrati Usmonning uyiga bostirib kiradilar va uni o‘ldiradilar. Uning o‘ldirilishi xalifalikda urushni keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi davrida bunday nizolar yanada kuchaydi. SHom voliysi Muoviya xalifaga qarshi chiqib tezroq xalifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo‘yadi. Xalifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo‘ladi.

Bu ixtilof qurolli to‘qnashuvga olib keladi. Bu to‘qnashuv 657 yili Iroqning Siffin degan joyida bo‘lib o‘tgani uchun jangning nomi Siffin deb atalgan. SHunda davlat tuzumi masalasida Payg‘ambardan keyin xalifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada uch toifaga bo‘linish yuz berdi.Birinchi – xalifa Ali tarafdorlari bo‘lgan, xalifalik faqat payg‘ambar xonadonida meros sifatida o‘tishi kerak deb hisoblovchi guruh. Natijada ulardan shialik oqimi kelib chiqdi.

Ikkinchi – xalifa Alining sobiq tarafdorlaridan tashkil topgan, uni Siffin jangidan keyin tashlab ketgan xorijiylar (ajrab chiqqanlar) guruhi hisoblanadi.

Uchinchi – «ahli sunna val jamoa» guruhi.

Islomdagi ilk bid’at, firqachilik va adashish xorijiylar va shialar guruhlarining faoliyatida ko‘zga tashlanadi. Bunday firqalar asosiy ikki masalada yuzaga kelgan: imomat (davlatga rahbarlik) va aqidada.

SHuning uchun islomda firqalarga bo‘linish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb qaraladi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishiga ham xalifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslik, shialik esa, xalifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilar sabab bo‘ldi. SHu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Muhammad

(alayhis-salom) hadislarida aytib o‘tilgan. Muhammad payg‘ambar (alayhis-salom) aytadilar: «YAhudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir», deganlarida, sahobiylar: «Najot topadigan firqa qaysi?», deb so‘raganda Payg‘ambar (alayhis-salom): «Men bilan sahobiylarim tutgan yo‘ldagisi», deb javob beradilar» (imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi.

«Ahli sunna val jamoa» sunniylik deb ham nomlanadi. Buning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan jihatlari barcha sahobiylarni yaxshi ko‘rish, kishini katta gunoh qilgan bo‘lsa ham musulmon deb hisoblash, agar u vafot etsa, janoza o‘qish, odil va zolim podshohga qarshi chiqmaslik, Allohning sifatlarini inkor qilmaslik va hokazo. Biroq ilk davrlarda musulmon olimlari tomonidan yakdil fikrga ega bo‘lgan musulmonlarning aqidasi ishlab chiqilmagani bois, «to‘g‘ri e’tiqod qilish» va «bid’at» to‘g‘risidagi tasavvur shia va xorijiylarning paydo bo‘lganidan keyin tizimga solindi. Xorijiylar xalifa Alining qo‘shinidan ajrab chiqqan va «ahli sunna val jamoa» e’tiqodiga to‘g‘ri kelmaydigan ekstremistik qarashlarni ilgari surgan murosasiz guruh. Bunda ular xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketganlar va xalifaga ham, Muoviyaga ham qarshi urush ochganlar.

Xorijiylikning eng katta xatarli tomoni o‘z saflariga qo‘shilmaganlarni «dindan qaytgan»likda ayblashlari va ularning talqinidagi islom qoidalariga rioya qilmagan har qanday rahbarga bo‘ysunmay, unga qarshi kurashish zarurligini ta’kidlashlari bo‘lgan. Buning natijasida juda ko‘plab qonlar to‘kilgan. Odamlarni kofirga chiqarish va ularga qarshi «jihod» qilish g‘oyasini ishlab chiqib, terror amaliyotini boshlab bergan. Bugungi kundagi ISHID, Boko haram va shunga o‘xshash boshqa terroristik tashkilotlarning uslublari aynan xorijiylik «an’ana»larining zamonaviy ko‘rinishidir.

Ular o‘zlarini haqiqiy musulmon hisoblagan va siyosiy hamda g‘oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo‘lgan.

Xorijiylarning ta’limotiga ko‘ra, xalifa jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli bo‘lsa ham) xalifalikka saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl etiladi. Xorijiylar gunohi kabira qilganlarni kofirlikda ayblab, ularni o‘ldirishgacha borib etganlar. Hatto ba’zi sahobiylarni ham kofir deyishgan. Bundan tashqari, «zolim» podshohga qo‘lida qurol bilan qarshi chiqishni diniy vazifa deydilar. Xorijiylik bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan yana bir oqim shialikdir. SHialik «shiatu Ali» (Ali guruhi) nomidan bo‘lib, aliparast oqim hisoblanadi.

Bu yo‘nalish dastlab har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan. Ularning fikricha hokimiyat xalifa Ali va uning avlodiga tegishli. CHunki imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmaydi, balki meros sifatida o‘tadi.



SHuningdek, Payg‘ambar (alayhis-salom) Alini xalifa qilib tayinlaganlar. Xalifalardan Abu Bakr, Umar va Usmon bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan hamda Alining xalifaligini Alloh tomonidan berilgan ilohiy ko‘rsatma deb hisoblaydilar.

SHialar ham Qur’onni ilohiy kalom deb e’tirof etadi (ayrim mutaassib ruhdagi oqimlari xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi). Ulamolari esa, Qur’on mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z ta’limotlarini asoslaydilar. SHuningdek, hadislardan faqat xalifa Ali, uning avlodi va ba’zi sahobiylar tomonidan keltirilgan rivoyatlarni tan oldilar va shunday rivoyat-hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar tuzgan. Sunniylikda e’tirof etilgan diniy aqidalardan farqlanib, shialikda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat beshta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan to‘rt aqida – tavhid (Allohning yagonaligini e’tirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, ya’ni taqdir aqidasi), nubuvvat (payg‘ambarlik), qiyomat yoki maod (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), asosan, sunniylik ta’limotiga mos tushadi.


E’tiboringiz uchun

rahmat


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling