Dinshunoslik
Download 0.55 Mb.
|
Dinshunoslik
Urf-odat – tushunchasi esa, keng bo‘lib, u o‘z ichiga xalq hayotining barcha tomonini – oddiy kundalik udum, rasm-rusmlar, o‘zaro muomala tarzi hamda barcha marosimlarni butunicha qamrab oladi.
Urf-odat deganda kishilarning tushunchasiga singib ketgan, ma’lum muddat takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko‘nikmasi tushuniladi. Demak, marosim va urf-odatlar belgilangan qisqacha qaydlardan ham ko‘rinib turibdiki, urf-odat tushunchasi xalq hayotining barcha sohasini o‘z ichiga qamrab olsa, marosim tushunchasi hayotning muayyan sohalarigagina aloqador xolos. Urf-odat bir vaqtning o‘zida bir shaxs yoki ko‘pchilik tomonidan bajarishi majburiy qoida bo‘lsa, marosim belgilangan shaxslar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan hatti-harakatdir. Xususan, kichikning kattaga birinchi salom berishi yoki ko‘pchilikka kamchilikning salom berishi yohud mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafasida yaqinlari, keksa qariyalar, qo‘ni-qo‘shnilar holidan xabar olish kabi ko‘rinishlar o‘zbeklarga xos milliy urf-odatlardir. Urf-odat va rasm-rusumlar bir-birlariga juda yaqindan bog‘liqdir, biri ikkinchisining tarkibiy qismi hisoblanadi. Urf-odat va rasm-rusumlar har bir millat va elatning tarixi, turmush tarzi va boshqa omillar ta’sirida o‘ziga xos ravishda shakllanadi. O‘z navbatida, u millat va elatning o‘ziga xos qiyofasini belgilovchi xususiyatlardan biridir. Bayram – turkiycha katta yig‘in, to‘y ma’nolarini anglatadi. Istilohda esa keng nishonlanadigan tantanali kundir. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davomida kelib chiqishi, mazmuni, ijtimoiy hayotda qaror topishiga ko‘ra an’anaviy, diniy, milliy bayramlar vujudga keladi. Avloddan-avlodga meros tariqasida o‘tib keladigan bayram an’anaviy bayram deyiladi (masalan, Navro‘z bayrami). Bu turdagi bayramlar biror xalq yoki millatning ayni vaqtdagi ijtimoiy hayoti, turmush tarzi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydi. Diniy bayramda esa har bir dinning aqidalarida belgilab qo‘yilgan marosimlar nishonlanadi. Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarda diniy marosim va bayramlar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar berilgan. (Masalan, Ro‘za hayiti va Qurbon hayiti). Milliy bayramlarda u yoki bu millatning tarixidagi muhim voqea-hodisalar nishonlanadi. (Masalan, Mustaqillik kuni va boshqa kunlar). SHuningdek, bayram kunlari rasman dam olish kunlari deb e’lon qilinadi1. Bayram tushunchasiga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da uch xil ta’rif keltirilgan:
Bayram – muhim tarixiy voqea, hodisa sharafiga shodlik, rasmiy tantana o‘tkazish uchun belgilangan muborak kun (Masalan, Mustaqillik kuni). Bayram – biror munosabat bilan quvonch, shodlik, tantana va o‘yin-kulgi bilan kutib olish, nishonlash odat bo‘lib qolgan kun (Masalan, Yangi yil, Hosil bayrami). Bayram – muhim, quvonchli hodisa yuz bergan, katta muvaffaqiyat qo‘lga kiritilgan va shu sababli shodlik o‘tkaziladigan kun (Masalan, Oilaviy bayram). Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling