Dinshunoslik
-mavzu. MUSULMONLARNING AN’ANA, MAROSIM
Download 0.55 Mb.
|
Dinshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- 1.An’ana, marosim, urf-odat va bayram tushunchalarining ta’rifi
6-mavzu. MUSULMONLARNING AN’ANA, MAROSIM,
URF-ODAT VA BAYRAMLARI Reja An’ana, marosim, urf-odat va bayram tushunchalarining ta’rifi. Musulmon xalqlari diniy marosimlari. Diniy bayramlarning kelib chiqishi tarixi. Milliy va diniy an’analarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligi. Tayanch tushunchalar: An’ana, urf-odat, diniy marosim, bayram, milliy qadriyatlar, diniy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, iftor, ehson, aqiqa, amru-ma’ruf, mavlid, ramazon hayiti, qurbon hayiti. Mavzu o‘quv maqsadi: Musulmon xalqlari diniy bayram va marosimlarning kelib chiqishi tarixi, mazmun-mohiyati hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan urf-odat va an’analarni qadrlash madaniyati haqida talabalarda keng tasavvur hosil qilish. 1.An’ana, marosim, urf-odat va bayram tushunchalarining ta’rifi Milliy va diniy an’analarda qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki u insonlarga axloqiy poklik, ezgulik, go‘zallik, poklik, haqiqat, erkinlik, adolat, do‘stlik, muhabbat, halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlarni targ‘ib etadi. Har bir xalqning o‘ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo‘ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak, bir-biriga o‘xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko‘ramiz. Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayoti faoliyatidagi muhim o‘zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar bilan bog‘liq bo‘lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Marosimlarda milliy, diniy urf-odatlar va rasm-rusumlar ham o‘z ifodasini topgan. U yoki bu halqning paydo bo‘lish tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an’analari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma’naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo‘lib, shakllanib, sayqallanib o‘z mazmunida shu xalqning orzu-o‘ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrashni, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma’naviy qadriyat sifatida yetkazmog‘i lozim. Darhaqiqat, an’analar, urf-odatlar marosim va bayramlar xalqning, millatning ma’naviyati, qadriyatlarining ajralmas qismidir. Shu o‘rinda an’ana, urf-odat, marosim va bayram tushunchalarining bir-biridan farqli va o‘xshash jihatlariga berilgan ta’riflarni keltirib o‘tamiz:
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling