Dinshunoslik
Musulmonlarning diniy marosimlari
Download 0.55 Mb.
|
Dinshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqiqa marosimi.
2.Musulmonlarning diniy marosimlari. Diniy marosim deganda fuqarolarning diniy ta’limotlaridan, ularning qonun-qoidalari va aqidalaridan kelib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari tushuniladi. Diniy marosim har qaysi din vakillarining o‘z diniy ta’limotlari asosidan kelib chiqqan.
Aqiqa marosimi. Chaqaloq uyiga kelgandan keyin ma’lum muddat o‘tgach har bir oilada aqiqa marosimi o‘tkaziladi. Bu marosim Payg‘ambarimiz davrlaridan beri o‘tkazilib kelinadi. Bu sunnat marosimlardan biri hisoblanadi. “Aqiqa – har bir chaqaloqning ona qornidalik vaqtida chiqqan sochi bo‘lib, u chaqaloq tug‘ilganiga bir hafta bo‘lgan kuni olib tashlanadi. Shu munosabat bilan qurbonlik qilinadigan jonliq ham “aqiqa” deb ataladi”. Aqiqa – arab tilidan tarjima qilinganda, “chaqaloq sochini olish, qurbonlik so‘yish” ma’nolarini bildiradi. Musulmon oilalarida yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ism qo‘yish va “qorin sochi” (bolaning tug‘ilgan sochi)ga qaychi urish bilan bog‘liq odat. Johiliyat davridagi turli ma’bud va ma’budalarga atab qilinadigan qurbonliklar o‘rniga musulmon oilasida farzand tug‘ilganligining shukronasi sifatida bir qo‘y so‘yib aqiqa marosimini o‘tkazish joriy qilingan. Islom an’anasida aqiqani chaqaloq tug‘ilgan kunining 7 yoki 14, yoki 21 kunlari o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu kunlarda aqiqa o‘tkazilmay qolinsa, so‘ng qaysi kunda, qachon amalga oshirilsa ham vazifa bajarilgan hisoblanadi. Bu marosim xonadonda yangi chaqaloq dunyoga kelishi munosabati bilan ona va bolaning sog‘-salomat qolganiga shukrona uchun, chaqaloqning turli ofat-balolardan omonda bo‘lishi uchun va o‘g‘il bolani xatna qildirib qo‘yish uchun qilinadigan ehsondir. Bu marosimda qorin sochiga qaychi tekkiziladi, bolaning qulog‘iga azon aytiladi, tanglayi yaxshi niyat qilib, biror-bir shirinlik bilan ko‘tarish udumi bajariladi, ism qo‘yiladi va xatna qilinadi. Ammo bolaga ism qo‘yish, azon aytish va tanglay ko‘tarish amallari ilgariroq bajariladi. Shundan ham ko‘rinib turibdiki, bu marosimni ixtiyoriy muddatda o‘tkazilishi urfga aylangan va bunga diniy jihatdan ham hech qanday mone’lik yo‘qdir.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling