Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi
Download 13.83 Kb.
|
ELYOR
Ammo O`sha davr dinshunosligi dinga O`z ijtimoiy-siyosiy qarashlarini bayon etar ekan, bu qarashlarini diniy tashkilotlar manfaatlari bilan bog`lanmagan, mafkuraviy jihatdan betaraf qilib kO`rsatmoqchi bO`lgan. Bu urinishlarni “asoslash”da turli falsafiy hamda ijtimoiy nazariyalardan foydalangan. Amalda esa ilohiyotga kO`proq yondashgan.
Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishlari muhim xulosalar chiqarishga olib kelgan. Birinchidan, har qanday din ijtimoiy hodisa fenomen hisoblanib, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir; ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy sharoitlari ta’sirida turli-tuman shakl kasb etgan; uchinchidan, ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bO`lgan dinlar evolyutsiyasini e’tirof etish dinshunoslik haqida tO`g`ri ilmiy xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, “Dinshunoslik asoslari” predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bO`lgan barcha din shakllarining ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini, ularning ta’limoti va marosimchiligi, ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funktsiyalarini ilmiy jihatdan O`rganuvchi fandir.
Download 13.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling