Diofant hayoti va ijodi bilan qiziqmagan matematiklar kam. Uning "Arifmetika" nomli kitobidan bizga anchagina ma`lumotlar yetib kelgan. Diofant bilan kuchli shug`ullanganlar A.Puankare, A.Veyl, Viet, Ferma, Eyler, Lagranj, Lejandr, Gil`bert, Yakobi va boshqalardir. Diofant aniqmas tenglamalarning butun musbat yechimlarini izlash usullari bilan shug`ullangan, lekin ularni yechishning umumiy usullarini qoldirmagan. Aniqmas tenglamalar - Diofant tenglamalarining butun ratsional sonlardagi yechimlarini topishning umumiy usuli borligini topish yoki yo`qligini isbotlash muammosi Gil`bertning 10- muammosi bo`lib tarixga kirgan. Bu muammo ustida tadqiqotchilar hozirgi kunda ham tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |