Diologik nutq shakli, unda munosabatlarni ifodalash usullari, unda nutq madaniyatiga e’tibor berish
Download 31.6 Kb.
|
Diologik nutq shakli, unda munosabatlarni if~
Masalan: ”Mehr- oshkora”“Muruvvat pinxona” - Darsda talabalar baholanishi ham noa`nanaviy usulda bo`lib, har bir javobga qarab talabalarga qizil, sariq, yashil kartochkalar berib boriladi. O`tilgan mavzu bo`yicha tarqatmalar quyidagicha bo`lishi mumkin. Tarqatma № 1 Nutq deb nimaga aytiladi? Rahbar va xizmatchi o`rtasida qanday muomala madaniyati bo`lishi lozim? Tarqatma № 2 Til va nutq orasidagi farq nimadan iborat? Nutqiy muomala shakllariga nimalar kiradi? Tarqatma № 3 Adabiy til qanday ko`rinishlarga ega? Mantiqiy nutq qanday bo`ladi? Tarqatma № 4 til va tafakkurning bo`g`liqligi va farqi nimada? Nutqiy savodxonlik deganda nima tushuniladi? O`tilgan mavzu xulosalanadi, darsga faol ishtirok etgan talabalarga kartochkalar berib rag`batlantirib boriladi. yangi mavzu bayoni: (20 daqiqa). Reja:
Diolog haqida ma`lumot Diologik matn turlari Diologik matnlarda gap qurilishi Diolog grek tilidan olingan bo`lib (Dio – ikki, logos – so`z, nutq). Ikki kishi orasidagi fikr axborot almashinuvi degan ma`noni anglatadi. Diolog ikki yoki undan ortiq shaxs orasidagi uzluksiz nutq shakllaridan biri. U og`zaki nutqning keng tarqaklgan turi sanaladi. Unda har bir kishi so`zlovchi va tinglovchi sifatida ishtirok etishi mumkin. So`zlovchi va tinglovchi nutqlari replika deyiladi. Replika birinchi shaxs tomonidan suhbatga tortish, chorlash yoki murojaat replikasi.II shaxs tomonidan esa javob replikasi xarakteriga ega bo`ladi. 1 – replika so`rog`i, 2 - replika yuzaga kelishining asosiy omili sanaladi. Replikalar chegarasi birinchi replikaning tugallanish, ikkinchi replikaning boshlanish nuqtalari bilan belgilanadi. Diologda javob replikasining mazmuni, xarakteri murojaat replikasida qaysi so`zga mantiqiy urg`u tushganligiga bog`liq bo`ladi. Mantiqiy urg`u gapdagi fikriy jihatdan ahamiyatli bo`lgan so`zning kuchli talaffuz qilinishidir. Bunda so`zlovchi gap ichidagi ba`zi so`zlarning ma`nosini yanada ta`kidlab, kuchaytirib ko`rsatish uchun uni boshqa so`zlarga nisbatdan kuchliroq ohang biklan talaffuz etadi. Nutqda mantiqiy urg`yu tushgan so`z ovozni balandlatish, pastlatish, pauza qilish kabi vositalar bilan ajratib aytilgani uchun tinglovchining diqatini tez tortadi. Replikada diologik matnda to`liq yoki to`liqsiz gap shakllarida uchraydi. Diologlarda intinatsiya muhim ahamiyatga ega. So`zlovchining o`z hisiyotini ifodalashi uchun ovoz tonini o`zgartirishi, mua`yan istak, niyat harakat natijasida yuzaga keluvchi ovoz tovlanishlari intonatsiyadir. Uning yordamida turli ma`nolar ifodalanadi. Taklif, munnatdorchilik. Tabrik, taajjub yoki hayratlanish, tilak-istak mazmunidagi diolog replikalarida quyidagi nutqiy mulozanat so`z va iboralari uchraydi. Taklif.
Men sizni … taklif etmoqchiman … ruxsat bering keling … marhamat … Minnatdorchilik. rahmat, sizdan minnatdorman boshim osmonga yetdi hursandman sizga minnatdorchilik bildiraman Tabrik.
chin qalbimdan tabriklayman muborak bo`lsin qutlayman ruhsat eting Taajjub, hayratlanish. rostdanmi? nahotki? Taajjub aqil bovar qilmaydi nega endi Diologlar so`zlovchi tomonidan, ya`ni muallif tomondan ham berilishi mumkin. Dramatik asarlardagi qahramonlar diologi persanajlarning asl maqsadlari, niyatlari, intilishlarini, his – tuyg`ularini, fikr va tushunchalarini, ruhiy kechinmalarining va ularning bir birlari - bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarini ochib berishga, asardagi voqealarning rivojlanib borishiga yordam beradi. Ya`ni diolog qahramon xarakterini oxchib berishiga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. Ishtirokchilar diologlari avtor gapi (nutq) shaklida berilib qo`shtirniqqa olinmaydi. Download 31.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling