Diplom ishi Do'stobod qurilish kolleji 2010y
Kompyuter tuzilishining asoslari
Download 197.5 Kb.
|
Diplom ishi Do\'stobod qurilish kolleji 2010y
1. Kompyuter tuzilishining asoslari
1.1.Dastlabki kompyuterlar Kompyuter inglizcha hisoblayman degan ma’noni bildiradi. U oldindan berilgan dastur bo’yicha ishlaydigan avtomatik qurilma hisoblanadi. «Kompyuter» tushunchasi, asosan elektron hisoblash mashinasi (EHM) ning kelib chiqish tarixini belgilaydi. Dastlabki kompyuterlarning asosiy elementi elektron lampa bolgan. Shuning uchun juda katta joyni egallagan. Texnikaning rivojlanishi bilan elektron lampalar o’rnida tranzistorlar va bosma platalardan, keyin kichik integral mikrosxemalardan foydalanildi. Bu mashinalar hisoblash texnikasini qo’llashda yangi texnologiyani yaratdi.Kompyuterlarning o‘zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan jahon tarmoqlari yuzaga keldi. Bu integral sxemalarni qo‘llash natijasida 1977-yillardan boshlab o’lchamiari kichik bo’lgan shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.1981-yilda IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan turli modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyin boshqa firmalar IBM PC bilan birlashtirilgan kompyuterlarni «Apple Macintosh» («Makintosh») yoki oddiygina «maki» ishlab chiqara boshladilar.Kompyuterlarning bir necha turlari bor. Ular turli masalalarni yechishda foydalaniladigan komponent (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, murakkab masalalarni yechadigan kompyuterda juda kuchli qurilma bo’ladi.Hujjatlarni bosishga mo’ljallanganida esa juda kuchli qurilmaning keragi bo’lmaydi, biroq unda harf bosish qurilmasi bo’lishi kerak. Idoralarda bir joyga o‘rnatilgan shaxsiy kompyuterdan foydalaniladi. Har qanaqa kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturalardan iborat bo’ladi. Kerak bolganda bulardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar blokida kompyuterning ishlashi uchun kerak boladigan muhim qismlar bo’lib, unga qolgan qurilmalar ulanadi.Tizimlar blokining ko’rinishi xuddi to‘g‘ri to’rt burchakli qutiga o’xshaydi. Uning old devorida turli xil tugmachalar (klavishlar), indikatorlar, disketni joylashtirish cho’ntaklari bor. Monitor (ba’zan displey deb ham atashadi) televizorga o’xshash bo’lib, uning ekranida axborotning natijaviy ko’rinishi tasvirlanadi.Klaviatura (klavishli panel) axborotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan asosiy qurilma hisoblanadi. Ko‘pincha kompyuter tarkibiga sichqon manipulyatori va printer kiritiladi.«Sichqon» ikki yoki uchta knopkasi (tugmachasi) bo’igan qurilma bo’lib, uning yordamida kompyuterning ishini oson boshqarish mumkin. Printer esa axborotlarni qog’ozga tushirish uchun xizmat qiladi. Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini koordinatsiyalaydi va boshqaradi.Protsessor kompyuterning markaziy qurilmasi bo‘lib, axborotlarga ishlov beradi, ya’ni hisoblash amaliarini, arifmetik-mantiqiy amallarni bajaradi, ularni solishtiradi va uzatadi.Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar bilan belgilanadi, ya’ni kompyuter ish dasturlari orqali boshqariladi. Foydalaniladigan dasturlar ichki tezkor xotira qurilmasida saqlanadi.Uzoq vaqt saqlanadigan axborotlar kompyuterning tashqi xotira qurilmalarida (disketlarda) saqlanadi. Ichki va tashqi xotira qurilmalarida axborot almashinuvi kiritish va chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.Qattiq disk yoki vinchester axborotlarni uzoq vaqt saqlaydigan qurilma bo‘lib, unda dastur va ishlov beriladigan axborotlar «fayl» ko‘rinishida saqlanadi.Kompyuter o‘yinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud bo’lib, ular yordamida ko‘p narsalarni amaliy bilib olish mumkin. Kompyuterlarning universalligi axborotni aniq maqsad yolida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan o’zgartirishga, kishilarning ish sharoitini yaxshilashga imkon berdi.Ob-havoni oldindan aytib berishda meteorologik stansiyalar va sun’iy yo‘ldoshlardan keladigan axborotlarni yig’ib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay bo’lgan shaklda ifodalaydi. Bu masalalarni kompyutersiz bajarishni tasavvur etish qiyin. Kompyuter(inglizcha: computer — „hisoblayman“) — oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida kompyuter ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (AQSh), YESEVM (Rossiya) va boshqalar, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar oʻrnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo boʻldi. Shaxsiy kompyuter (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmga kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM shirkati shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chikara boshladi. Keyinchalik boshka firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple shirkati esa Macintosh (talaffuzi: „Makintosh“) yoki oddiygina „maki“ deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEVM) boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar urnatilgan kompyuterdan, qujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan kompyuterdan foydalaniladi. Istalgan kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda boʻlardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, kompyuter tarkibiga „sichqon“ manipulyatori va printer kiritiladi. „Sichqon“ ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida kompyuter ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish — chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Kompyuter oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin (qarang: Kompyuter oʻyinlari). Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay boʻlgan shaklda ifodalaydi (qarang: Intranet, Internet, Kompyuter tarmogʻi). Download 197.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling