Diplom ishi Do'stobod qurilish kolleji 2010y
Xotira turlari va kompyuter imkoniyatlari
Download 197.5 Kb.
|
Diplom ishi Do\'stobod qurilish kolleji 2010y
Xotira turlari va kompyuter imkoniyatlari
Mikroprotsessor ishlatuvchi ma`lumot yoki dasturlarni aynan xotiradan oladi va natijalarni unga yozadi. Xotira ko`pincha doimiy, joriy (operativ) KESh, qo`shimcha va tashqi xotira deb ataluvchi qismlarga bo`linadi. Xotirani joriy deb atalishining sababi barcha dastur kompyuter ishlash jarayonida hosil bo`lgan ma`lumotlarni saqlab turadi va juda tez ishlaydi, ya`ni mikroprotsessor undan ma`lumotni olish yoki unga yozishda deyarli vaqt sarflamaydi. Kompyuterning imkoniyatlari bevosita unga o`rnatilgan joriy xotira hajmiga bog`liq. Kompyuterda joriy xotira 1 Mbayt yoki undan kam bo`lsa, u faqat Ms Dos bo`lsa, kompyuter MS DOS OT, Windows 3.1. muhitida ishlaydi. 8 Mbayt joriy xotira yangi operatsion tizimlar, hususan Windows95 muhiti, unda ishlovchi MS OFICCE dasturlarida ishlash imkonini beradi. Agar kompyuter joriy xotirasi 32 Mbayt va undan katta bo`lsa, lokal tarmoqlarda (Internet, elektron pochta – E mail) kompyuterlararo suratli ma`lumotlar yoki videofilmlar almashish va ular ustida ishlash imkonini beradi. Ko`pchilik kompyuterlarda joriy xotiraga murojatni o`ta maqbullash uchun joriy xotira orasiga KESh xotira o`rnatiladi. Ko`p ishlatiladigan ma`lumotlar KESh – xotirada yoziladi, shu bois kompyuter zaruriy ma`lumotlarni dastlab KESh – xotiradan qidiradi, so`ngra zarurat bo`lsa joriy xotiraga murojaat qiladi. IBM PC kompyuterida xotiraning BIOS (doimiy xotira), CMOS (yarim doimiy xotira) turlari mavjud bo`lib, ularda kompyuter qurilmalarini tekshiruvchi dasturlar, operatsion tizimni yuklash va kompyuter qurilmalariga xizmat ko`rsatish funksiyalarini bajaruvchi dasturlar saqlanadi. Kompyuterning dasturiy ta`limoti, maxsus, yordamchi va amaliy dasturlar qo`shimcha xotirada joylashtiradi. Xotiraning bu ko`rinishi kompyuter imkoniyatlarining keskin oshishiga olib keladi. Qo`shimcha xotira qattiq disk yurituvchisi (vinchester) deb ataluvchi qurilmada saqlanadi. Bu xotira 8-10 milliard atrofidagi belgilardan tashkil topgan axborotlarni saqlash imkoniyatini beradi. Download 197.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling