Diplom ishi Do'stobod qurilish kolleji 2010y


Kompyuter quyidagi uchta asosiy qismdan


Download 197.5 Kb.
bet6/12
Sana24.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1653307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Diplom ishi Do\'stobod qurilish kolleji 2010y

Kompyuter quyidagi uchta asosiy qismdan:
Monitor (displey) – matnli yoki grafik ko`rinishidagi ma`lumotlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi;
Klaviatura – belgilarni kompyuterga kiritishda ishlatiladi;
Tizimli qism–kompyuterishini boshqarishni ta`minlaydigan asosiy qism hisoblanadi;
Tizimli qism tarkibiga quyidagilar kiradi:
Mikroprotsessor – kompyuterning “miya”si. Kompyuterga kiritiluvchi buyruqlar majmuasini, ma`lumotlar almashinuvini ta`minlash va hisoblashni bajaradi.
Joriy xotira – kiritiluvchi ma`lumot va dasturlarni xotirada saqlaydi.
Qattiq magnitli disk yoki yupqa disket jamlovchilarni ma`lumotlarni o`qish va yozishni ta`milaydi.
Monitor (displey) – matnli yoki grafik ko`rinishdagi ma`lumotlarni ekranga chiqarish uchun mo`ljallangan qurilma hisoblanadi.
Monitor bevosita videodaptapter qurilmasi boshqaruv asosida matnli yoki grafikli rejimida ishlaydi.
Matnli rejimda kompyuter ekrani 25 satr va 80 ustunga bo`linadi. Hozirgi paytga kelib satrlar soni ekranda 50 taga oshirilishi mumkin. Grafikli rejimda esa ekran televizor ekrani kabi u yoki bu rangga ega bo`lgan nuqtalar majmuasi (mozaika) gab o`yaladi. Bu nuqtalar soni va rang-baranglik darajasi kompyuterda ishlatilayotgan adapterlarning turiga bog`liq bo`ladi. Ayni vaqtda EGA (Enhanced Graplic Adapter – imkoniyatni keng grafikli adapter), VGA (Video Graphic Array – videografik matritsa), SVGA (Super VGA) turli rangli monitorlar nihoyatda keng tarqalgan. Bu adapterlar yordamida ekranda 256 xil rangli 800x1300 tagacha bo`lgan nuqtalarni hosil qilishimiz mumkin.
Klaviatura – kompyuterga har xil belgilarni kiritishni ta`minlaydi va foydalanuvchi kompyuter ishini boshqarishda ishlatiladi. Klaviatura tugmalari oddiy, boshqaruvchili va vazifali bo`ladi. Oddiy tugmalar faqat bir belgili xotiraga kiritish uchun xizmat qiladi. Vazifali (F1-F12) tugmalar joriy dastur muhitiga muvofiq ravishda vazifasi turlicha bo`lishi mumkin. Boshqaruvchi (Alt, Shift, Ctrl) tugmalar klaviatura tugmalari vazifasini qozgartiradi.
Mikroprotsessor
Kompyuterning eng asosiy elementi, ya`ni “miya”si mikroprotsessor ekanligini ta`kidlab o`tgan edik. Mikroprotsessor hajm jihatdan uncha katta bo`lmagan, atigi bir necha kv. sm.li electron sxema bo`lib, uning ko`magida barcha hisoblashlar hamda ma`lumotlar almashinuvi bajariladi. Mikroprotsessor yuzlab har xil hisoblashlarni bajaradi, uning amallarini bajarish tezligi sekundiga yuz million operatsiyani tashkil qiladi. IBM PC turidagi kompyuterda asosan Intel firmasi ishlab chiqargan mikroprotsessorlar o`rnatiladi. Ba`zi kompyuterlarda AMD, Gyrix, IMB firmalarining mikroprotsessorlari ham ishlatiladi. Intel firmasining birinchi unversial Intel-4004 mikroprotsessori 1970 yilda ixtiro qilingan bo`lib, 4 bitli so`zlar ustida sekundiga 8000 amal amal bajara olish qobiliyatiga ega edi. Intel – 4004 4 Kbayt hajmli mikroprotsessorlar dasturlovchi kalkulyatorlar uchun mo`ljallangandir. 1978 yilda ishlab chiqilgan 16 bitli so`zlar bilan 1 Mbaytli xotiraga ega bo`lgan Intel – 8086 protsessorlari IBM PC/XT kompyuterlarida qo`llaniladi boshlanadi. Keyinchalik o`rtacha har 4 yilda mikroprotsessorlarning yangi – 80286, 80386, 80486 modifikatsiyalari ishlab chiqilib, ular bir-biridan taktli chastotasi tezligi va xotira hajmi bilan farqlanadi. 1993 yil may oyida Pentium mikroprotsessori ishlab chiqildi, hozirgi paytda ularning tezligi 450 Mgts ga, hajmi 16 Gbaytga yetgan modifikatsiyalari majud.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling