Diplom loyiha ishi


DP-130 ARRALI JININI TAKOMILLASHTIRISHDAN MAQSAD


Download 1.29 Mb.
bet13/19
Sana15.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1484189
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
олим к

4DP-130 ARRALI JININI TAKOMILLASHTIRISHDAN MAQSAD
Paxta sanoatida tolani chigitdan ajratish eng asosiy murakkab texnologik jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda ish unumi yuqori holatida tolani ajratib olish hamda tola va chigitni yuqori sifat xususiyatlarini saqlab qolish muhim vazifa hisoblanadi.
Tola ajratish jarayonida jin silindri arra tishlari xom ashyo valigiga kirib tola to‘plamlarini ilashtiradi va ularni kolosniklar tirqishidan olib o‘tib chigitdan ajratadi. Arra tishlaridan tolalarni soplodan katta tezlikda (55÷65 m/s) yo‘naltirilib chiqayotgan havo oqimi bilan chiqarib olinadi. Chigitlar panjara kolosniklari qiya sirtlaridan dumalab arra va chigit tarog‘i qoziqchalari oralig‘iga tushadi, so‘ngra yig‘uvchi shnekka tushadi.
Ma’lumki tolalarni arra tishidan ajratish uchun havo hamda elektr energiya sarfi ko‘p ketadi. Buning natijasida atmosferaga changli havo ko‘p miqdorda chiqadi va eelektr energiya sarfi yuqori bo‘ladi. Bu shu erda ishlayotgan ishchi-xizmatchilarning sog‘ligiga salbiy ta’sir etadi. Undan tashqari havo yordamida ajratilganda arra tishidan tolalar to‘liq ajramasdan qoladi. Bu esa kolosnikli panjaraning yuqori qismida tolaning tiqilib qolishiga olib keladi. SHu sababli arra tishlaridan tolani ajratish uchun mexanik usul qo‘llanildi. Ya’ni jin havo kamerasiga cho‘tkali baraban o‘rnatildi. Natijada atmosferaga chiqariladigan changli havo miqdori, elektr energiya sarfi kamaydi, tolaning tiqilib qolishi yo‘qoldi hamda cho‘tkaning tolani tarab o‘tib tola tozalash jarayoniga bir tekisda yetkazib berishi hisobiga tolalarni sifati yaxshilandi.
Paxta xom-ashyo dastlabki bosqichlardan o‘tkazilgandan so‘ng jinlash jarayoniga yuboriladi. Jinlash jarayoni paxtani dastlabki ishlashning asosiy operatsiyasi xisoblanib, bunda paxta tolasi chigitdan ajratiladi. Asosiy vazifa jinlash jarayonini takomillashtirib, undan chiqayotgan tola va chigit sifatini oshirishdan iborat.
Tolaning chigit bilan bog‘lanish kuchi yakka tolaning uzilish kuchiga qaraganda 2-3 marta kam bo‘lgani uchun jinlash jarayonida o‘zining tabiiy xususiyatlarini ( namligi, uzunligi, pishganlik darajasi va x.k) saqlagan holda tubidan uzilib, chigitdan ajralib chiqadi.
Arrali jinlarni 3XDDM, DP-130, 4DP-130, 4DP-130rusumli turlari mavjud. Bu jinlarda arrali silindr aylanishi xisobiga xom-ashyo valigi hosil bo‘ladi.
Arrali jinlarda ish organi sifatida arrali disklardan terilgan silindrdan foydalaniladi. Tolani chigitidan ajratishda kolosniklar muxim vazifani bajaradi. Arra tishlari tolani ilib olib, kolosniklar orasiga kiritilganda, chigit o‘tmay qoladi va toladan ajraladi.
Arrali jinda arra tishlari ishchi kamerasidan kobirgalar orkasiga chikkandan keyin tolani tishlardan ajratib olish bilan birga ulik va mayda iflosliklardan tozalash jarayoni xam bajariladi.
Arra tishlaridan tolani pastdan ajratib oladigan jinlarda ulik va mayda iflosliklar, tolalar arra tishidan ajralmasidan oldin markazdan kochma kuch ta’sirida toladan ajraladi. ulik va mayda xas cho’plarni ajratish jarayoni saplo ustiga urnatilgan ulik dastagining vaziyagini uzgartirib rostlanadi ulik dastagining birinchi vaziyatida uning ish kirrasi arra tishlariga eng ko’p yakinlashgan buladi. Dastakning bu vaziyatida ulik va yirik xamda mayda xas-cho’plar juda ko’p ajraladi; shunda tolalarning bir kismi uam arralarning tishlaridan ajralib, ulik va xas-cho’plarga aralashib, tolali chikindilarga ketishi mumkin.
Toza tola ko’p aralashgan ulik "semiz" ulik deb ataladi. Ulik dastagining bunday ulik ajraladigan vaziyati nonormal deb xisoblanadi, chunki u xolda toza tolaning bir kismi chikindilar bilan ketadi. Ulik dastagining ikkinchi vaziyatida uning ish kirrasi arralarning tishlaridan maksimal uzoklashgan buladi. Bunda toladan yirik ulik va xas-cho’plar ajraladi, mayda ulik xamda engil iflosliklar esa dastakning old devoriga urilib, undan orkaga kaytib, tolaga yana aralashadi. Bunda toza tola ulikga kushilib chikib ketmaydi; bunday ulik "ozgin" ulik deyiladi.
ulik dastagining uchinchi vaziyatida tola ulik va xas-chupdan yaxshi tozalanadi va tola ularga kushilmaydi, bunday vaziyat normal xisoblanadi.
Tola arra tishlaridan yukoridan ajratib olinadigan jinlarda ulik tolalardan ularni arra tishlaridan cho‘tkali baraban orqali ajratilgandan keyin ajraladi.
Cho‘tka yordamida arra tishlaridan tolani ajratib, uni yunaltiruvchi silindr aylanasiga urinma chizigi buylab yunaltiradi. Ejeksion xavo okimi normal tolalarni qabul bugizi tomonga og’diradi, ulik va xas-cho’plar esa inersiya kuchi ta’sirida urunma xarakatini davom ettirib, toladan ajraladi va pastga ulik konveyeriga tushib, mashinadan tashkariga chikariladi.
ulikning ajralib chiqish me’yori ulik dastagini arradan 15 mm dan 43 mm gacha surib rostlanadi. Ikkala variantda ishlaydigan jinlarda paxta tolasini ulikdan tozalash samaradorligi yirik iflosliklardan tozalaganda 25-30 % ni, mayda iflosliklardan tozalaganda esa 30-45 % ni tashkil kiladi.
Arrali jinning ish unumdorligi arra tishlarining ilashtirish qobiliyati oshishi bilan ko’payadi, ilingan tolalarning ishchi bo’linmasiga qaytib ketishi bilan esa, kamayadi. SHuning uchun arrali jinlash nazariy ish unumi (vakt birligida ajratilgan tola mikdori)ni aniklash uchun professor B.A.Levkovich kuyidagi tenglamani taklif etgan:
(1 soatda bir arradan olingan tola mikdori)
bu erda: P-bir arraning ish unumi, kg/soat
i-arraning bir tishi ilib olgan tolalarining nazariy soni, dona.
Z-bir arradagi tishlar soni, dona.
n-arraning aylanish soni, min-1.
R-bir gramm toladagi tolalar soni, dona.
Bu tenglamaga arraning bir tishi yuzasiga sigadigan tolalar sonini, xaqiqatda to’lish koeffitsienti K ni va uzgarmas rakamlarni A bilan belgilab, urniga kuysak kuyidagi tenglamani olamiz:
P=K*A*S*Z*n , kg/arra-soat.
bu erda: S-arraning bir tishi orasidagi yuzasi, sm2
Keyinchalik professor G.I. Boldinskiy arrali jin ish unumdorligini xakikatdagi ulchoviga yakinrok topish uchun kuyidagi tenglamani taklif etdi:
P=N*P1, kg/arra-soat.
bu erda: N-arralar yigindisidagi arralar soni, dona.
P1-bir arraning ish unumdorligi, u esa kuyidagicha aniklanadi:
kg/arra-soat
bu erda: 1=1/va -arra tishiiing tish kadamiga teng masofani utishga sarflagan vakti, s. arra - arraning chizikli tezligi, m/s.
- bir mm yuzaga sigadigan tolalar soni, dona.
S-bir tolaning kundalang kirkim yuzasi, sm.
K-arra tishlaridan foydalanish koeffitsienti,
n2-bir gramm toladagi tolalar soni, dona.
Topilgan kiymatlarni yukoridagi tenglamalarga arrali jinning ish unumdorligini aniklash uchun ifodani olamiz;
kg/arra-soat
bu erda: 1 -tishning kiya burchagi, grad.
Bu tenglamadan kurinib turibdiki, arrali jinning ish unumdorligi arra disklarining tezligiga, tishning geometrik ulchamlariga va 1 xamda  burchaklariga boglik. Bu kiymatlarni ma’lum chegarada uzgartirib tola ajratkichning ish unumdorligini oshirish mumkin.
Takomillashtirilgan 4DP-130 markali arra jinning ishlashi quyidagicha: chigitli paxta taqsimlash shnekidan PD ta’minlagichiga uzatilib, unda titiladi va mayda iflosliklardan tozalanadi. Jinning unumdorligi, uning ta’minlash valiklarining aylanish tezligini o‘zgartirish bilan sozlanadi. Ta’minlagichlardan chigitli paxta paxta tarnovlari orqali jin ishchi kamerasiga tushirilib, unda arra silindri tishlari ta’siriga uchraydi va xom ashyo valigini hosil qiladi. Arra silindri tishlari xom ashyo valigidagi paxta tolalarini ilib, kolosniklar orasiga olib kiradi va chigit siritidan yulib oladi. Arra tishlaridagi tolalar soplodan 55-65 m/s tezlikda chiqayotgan havo oqimi bilan ajratilib, umumiy tola quvuri orqali tola tozalash dastgohiga uzatiladi. Kolosniklarning ishchi qismida tirqishlar kengligi 3,2 mm dan katta bo‘lmagani uchun chigit o‘tib keta olmaydi, aylanib turgan chigit paxta valigiga qo‘shilishib ketadi va hamma tolalari ajralmaguncha aylanishda davom etadi. Jami tolalardan ajratilgan chigitlar o‘zining ishlash qobiliyatini yo‘qotadi, xom ashyodan ajralib, kolosnik sirtiga va shu orqali pastga tushadi. Ma’lumki tolalarni arra tishidan ajratish uchun havo sarfi ko‘p ketadi. Shu sababli arra tishlaridan tolani ajratish uchun mexanik usul qo‘llanildi. Ya’ni jin havo kamerasiga cho‘tkali baraban o‘rnatildi. Natijada atmosferaga chiqariladigan changli havo miqdori kamaydi, tolalarni sifati yaxshilandi.
Jinning ta’minlagichi ostidagi iflosliklar mexanik uzatgichlar yordamida, ishlab chiqarish chiqindilarini pnevmatik usulda yig‘ish tizimiga uzatilib, sexdan tashqariga chiqariladi. Jindan ajratilgan iflosliklar va o‘lik pnevmatik uzatish sistemasi yordamida jinlash sexi chiqindilarini regeneratsiya qilish mashinasiga uzatiladi. Arrali jinlar batareyasining ishlash samaradorligi mashinalarning texnik xolatiga va qayta ishlanayotgan paxtaning sifatiga bog‘liqdir.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling