Diplom loyiha ishi
Dashobod PTKda jinlash jarayonida ajralib chiqadigan chang va chiqindilarni ajralib chiqish sabablari aniqlash
Download 1.29 Mb.
|
олим к
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinni ish jarayonidagi xavfsizlik texnikasi
- 4DP-130arrali jin sxemasi va uning xavfli joylari
Dashobod PTKda jinlash jarayonida ajralib chiqadigan chang va chiqindilarni ajralib chiqish sabablari aniqlash
Paxta taqsimlash shnegidan PD taminlagichiga uzatilib unda titiladi va mayda iflosliklardan tozalanadi. Jinning unumdorligi uning taminlash valiklarining aylanishi tezligini o‘zgartirishga bog‘liq bo‘ladi. Taminlagichlardan paxta tarnovlar orqali ishchi kamerasiga tushirilib, unda arra silindri tishlari tasiriga uchraydi va xom ashyo valigini hosil qiladi. Arra silindri tishlari hom ashyo valigidagi paxta tolalarini ilib, kolosniklar orasiga olib kiradi va chigit sirtidan yulib oladi. Arra tishlaridan tolalar sopladan 55-65 m/s tezlikda chiqayotgan havo oqimi bilan ajralib, umumiy tola quvuri orqali tola tozalash dastgohiga uzatiladi. Kolosniklarning ishchi qismida tirqishlar kengligi 3.2 mm dan kata bo‘lmagani uchun chigit o‘tib keta olamaydi, aylanib turgan chigit paxta valigiga qo‘shilib ketadi va hamma tolalari ajralmaguncha aylanishda davom etadi. Jinni ish jarayonidagi xavfsizlik texnikasi: kolosnikli panjara qiyshaygan holda; arrali silindrning va ta’mirlagichning haddan tashqari titrashi; kolosnikli panjarani tushirgan holatda arralarda ushlanib qolishi; kolosnikli panjara ko‘tarilgan holda arra tishlari chiqib qolishi; soplo yonida savalanishi; kolosniklarning nomustahkam o‘rnatilganligi; ta’mirlagich avtomati ya’shi moslashtirilmaganligi. Xavfsizlikni ta’minlashda quyidagilarga rioya qilish zarur: ishchi kamerasini nazorat qilish; ta’minlash valiklarini nazorat qilish; qopqoqlarni ochgan holda ishlamaslik va hokazolar. Jinlash jarayonida arrali silindr butun uzunligi bo‘yicha pastki, orqa tomonidan himoyalovchi panjara bilan to‘silgan bo‘lishi, kolosniklarning pastki qismi esa ish kamerasi ko‘tarilganda avtomatik ravishda ochiluvchi himoyalovchi taroq bilan to‘silish kerak. 4DP-130rusumli arrali jinning xavfsizlik talablari To‘g‘rilanmagan jihozlarda ishlash mumkin emas; To‘g‘rilanmagan asboblarda ish yuritish mumkin emas; To‘sish va bloklash moslamalari yo‘qligida yoki ularni yaroqsiz holida ish yuritish mumkin emas. Ishchilar ishlayotganida o‘z ish kiyimini kiyib, uni tartibga keltirib, sochlarini bosh kiyim ichiga yig‘ishtirib olib, ro‘molchani bo‘yin atrofidan o‘ramay orqadan bog‘lab olib ishlashi zarur. Ish joyini yaxshilab ko‘zdan kechirib, va u etarli yoritilganligi va keraksiz buyumlar bilan to‘silib qolmaganiga ishonch hosil qilgan holda ishni boshlash kerak. Uskunani ishga turishishdan oldin bu haqda boshqalarga ovoz bilan yoki signal berib ogohlantirgan holda, so‘ngra bir oz to‘xtab turib uskunani ishga tushirish lozim. Ish vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalari: mashinalarning harakatdagi qismlariga tegmaslik; mashinalar harakati davomida to‘siqlar ochish yoki echish mumkin emas; paxta xom ashyosi yoki chiqindilarning vintli konveyerlar qopqoqlarini ochiq qoldirmaslik; mashinalar harakati davomida ularni mexanizmlarini tozalash, tasma yuritkichlarni kiygazish, tirqishlarni tartibga solish va hokazolar. mashinalarni ta’mirlash yoki ularga texnik xizmat ko‘rsatish, faqatgina ularning o‘chgan holida va ishga turshirish tugmachasiga «BOSILMASIN! BU ERDA ODAMLAR ISHLAMOQDA!» degan yozuvli plakat osilgan xolda bajariladi. 4DP-130 arrali jinni ishga tushirishdan oldin, havfli joylarning himoya to‘siqlari kuzdan kechirish kerak. Agar himoya to‘siqlari yo‘q bo‘lsa, ularni o‘rnatish kerak.Himoya to‘siqlari asosan jin mashinasining havfli joylariga o‘rnatilgan. Ana shundan keyin uskunani ishga tushirish mumkin, agarda bo‘zilib qolsa, mashinani o‘chirib keyin tuzatish kerak. 4DP-130 arrali jinni ishga tushirishdan oldin, havfli joylarning himoya to‘siqlari kuzdan kechirish kerak. Agar himoya to‘siqlari yo‘q bo‘lsa, ularni o‘rnatish kerak.Himoya to‘siqlari asosan jin mashinasining havfli joylariga o‘rnatilgan. Ana shundan keyin uskunani ishga tushirish mumkin, agarda buzilib qolsa, mashinani o‘chirib keyin tuzatish kerak. Jinlash sexidan ajraladigan chang. Atmosferaga ishlatilgan havo chigitli paxta havo quvurlari orqali ajraladi. Ishlatilgan havo tarkibidagi quritish tozalash sexida chang mavjud. Tozalash mashinalardan ham ajralgan chang tolali bo‘lib, mineral bo‘lakchalar miqdori kam bo‘ladi. CHanglangan havo jin ta’minlagichlari aspiratsiya sistemasi, jinlash sexining chang manbai bo‘lib, paxta tolasini, tola tozalagichlardan kondensorgacha bo‘lgan havo quvurlari sistemasidagi ishlatilgan havodagi chang bo‘ladi. Paxta tozalash zavodi texnologik jarayonining boshlanishida joylashgan quritish-tozalash sexining tozalash bo‘linmasida qayta ishlanadigan paxta mineral changdan tozalanadi. Uning changlanganligi yuqori bo‘lmaydi (1030 mg/m3), biroq bu changda 4050 foizgacha mineral moddalar bo‘lishi mumkin. Past navli paxtani qayta ishlashda binodagi havoning changlanganligi 10 mg/m3 ga etadi, lekin changdagi mineral moddalar miqdori 13 16 foizgacha kamayadi. Atmosferaga paxta havo transporti sistemasidan ishlangan havo chiqadi, bu havoda quritish-tozalash sexida ajrala olmagan chang, shuningdek tozalash mashinalarida paxtani tozalashda hosil bo‘lgan chang bo‘ladi. Bu chang tozalanib, mineral fraksiyalar asosan maydalangan iflos zarrachalardan iborat. CHanglangan havo jin ta’minlagichlarining aspiratsiya sistemalaridan ham ajralib chiqadi, bunga bu sistema ta’minlagichlaridan faqat changlangan havoni yoki changlangan havoni iflosliklar bilan birga so‘radi. Bunday so‘rish sistemasiga paxta taqsimlash shnegining aspiratsiyasi qo‘shilishi mumkin. Havoni changdan tozalashdan maqsad xonaning ish mintaqasida, kiritiladigan toza havoda, atmosferaga chiqarib yuboriladi. Havoda chang konsentratsiyasi ruxsat etilgan chekli konsentratsiyasidan oshib ketmasligini ta’minlashdir. Xonadan olinib qayta foydalaniladigan havo tozalangandan so‘ng changning ish mintaqasi 30%ni tashkil etishi lozim. Paxta zavodlarida ishlatiladigan chang yutish qurilmalarini samaradorlik darajasi biyicha ikki guruxga bulish mumkin: 1) dag‘al tozalash-chang chiktirish kameralari, siklonlar, ikki bosqichli siklan-kamerali va siklan-siklan qurilmalar. 2)Nafis tozalash kassetali FXK-6 paxta filtri, elektrofiltr, ikki boskichli siklan-filr-kamera qurilmasi, kollektor chang tutish qurilmasi. Dashtobod paxta zavodida 6 ta VZP-1200 rusumli siklan irnatilgan. CHanglangan xavo ish unumi 3 m.kub/s.li birinchi tozalash bosqichli SP-3 tipdagi ikkita siklonga tushadi. qurulmaning tozalash samarasi taxminan 85%, bu izini tila oqlamaganligi tufayli ikki bosqichli siqlan-filtr irnatishni tavsiya qilaman. Ikki bosqichli- siklon-filtr chang tozalagich Bu qurilma tola va ling xavo transport stemasidan, shuningdek paxta zavodi jin-linter sexi mashina-uskunalari asperatsiyasidan ajralib chiqqan changlangan xavoni tozalash uchun mil jallangan.Birinchi bosqichda qurilma yangi konstruksiyadagi ifloslik bunkeri va vakuum-klapan bilan jixozlangan UTSV-3 siklonidan, ikkinchi bosqichda filtr kameradan iborat. Filtr-kamera g‘ovak-g‘ovak filtrlavchi tisiqni chang chiktirish kamerasi kirinishida ishlangan tisiq ustiga filtrlovchi mato-kapron elak (art.25K) tortilgan, 800*2000 mm ilchamli (h) metall romdan tashkil topgan yig‘ma konstruksiyadan iborat. 4DP-130arrali jin sxemasi va uning xavfli joylari 1- ta’minlovchi valiklar; 2- qoziqli baraban; 3-tuynuk (eshik); 4-ifloslik shnegi; 5-ishchi kamerani xarakatga keltiruvchi yuritma; 6- ulyuk konveyeri; 7- cho’tkali baraban Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling