Diplom loyihasi bo’yichа tushuntirish хаti
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Botirov B.Sh. unlocked
XULOSA VA TAKLIFLAR
Andijon mashinasozlik institutida sintez gaz olish va ishlatish bo‘yicha ilmiy– konstruktorlik ishlari olib borilmoqda. Izlanishlar natijasida kutilmagan yaxshi natijaga erishdik. Agar qizigan koks orqali qizigan suv bug‘ini o‘tkazsak endotermik reaksiya sodir bo‘ladi va sintez gaz hosil bo‘ladi. U uglerod oksidi va vodoroddan deyarli bir xil nisbatda hosil bo‘ladi, uning issqlik ajratish saradorligi 3000 kkal/m 3 bo‘ladi. Reaksiya 750°C da boshlanadi, gazlarning aralashmasi portlashga xavfli, kaloriyasi bo‘yicha propan-butan gaz aralashmalariga yaqin bo‘ladi. Ichki yonuv dvigatellarida sintez gaz olish va ishlatish bugungi kundа ilmiy tаdqiqоt mаrkаzlaridа olimlarimizning e’tiborida turibdi. Avvalgi sintez gaz olish va ishlatish qurilmasi bilan jihozlangan dvigatellar dunyoning ko’pginа mаmlаkаtlаridа hamon ishlatilmoqda. Ularga o’rnatilgan qurilmalar bugungi kun talablariga javob bermayapti. Biz taklif etgan sintez gaz olish va ishlatish qurilmasida so’ndirgichdan chiqayotgan ishlangan gazlarning 50% maxsus trubka orqali suvli idishga yuboriladi. ,u idishda ko’mir solingan bo’ladi. Bu ko’mir issiqlik ta’sirida qiziydi va biz 2- idishdagi suvni bug’ holatida 1- idishga yuboramiz. Natijada 1- idishdan sintez gaz ishlab chiqariladi. Bu sintez gazni dvigatelning kiritish quvuriga 36 yuboramiz. Natijada dvigatelning quvvati 20 % ga ortadi, yonilg’ sarfi 30 % ga va chiqadigan gazlarning zaharliligi 50% ga kanaydi. Bu elektromobillar uchun yangi yo’nalish bo’lib, vodorod energetikasisida yangi qadam bo’ldi. Bunda suv va ko’mirni bug’lanishi evaziga yonuvchi gazga aylanishi fizik samarasi hech qanday energiya sarfisiz sodir bo’ladi. Bunday yuqori samarali sintez gaz olish va ishlatish qurilmasini joriy etish hech qanday qiyinchiliklarni yuzaga keltirmaydi. “TTZ-80” elektromobilining sintez gaz olish va ishlatish qurilmasini bilan ishlashini odatiy dizel yonilg’isida ishlаshiga nisbatan iqtisоdiy sаmаrаdоrligini hisobladik. Bunda yonilg’ining solishtirma yonilg‘i sarfi har 100 km ga13,68 ni tashkil qildi. Yillik iqtisоdiy sаmаrаdоrlik 4118415,00 so’m/yil, qоplаnish muddаti 0,73 yil va sаmаrаdоrlik kоeffitsеnti 1,37 ni tashkil qildi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling