Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet39/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

Aminova Mag’firat
(1978-2017)
Bu dunyo ishlari, tashvishlari g’ussalariyu shodliklaridan gohida ajablanasan. Bu yorug’ olamga kelib solih farzandlarni dunyoga keltirib, uning rohat-farog’atini ko’rmasdan yana boqiy dunyoga qaytganlarni ko’rib, eshitib Allohning buyukligiga, bu hayotning bebaqoligiga imon keltirasan. Ha, har bir kishi Alloh bergan umrni yashab bu dunyodan o’tadi.
Hamqishlog’imiz Mag’firatbonu ham yoshlikdan mehnatsevar, aqlli, odobli qiz bo’lib voyaga yetdi. U ota-onasining suyukli farzandi edi. U otasi Olim aka Boboqulov va onasi Xadicha bibi Norqulovani jonidan yaxshi ko’rgani sabab hamisha ularning xizmatini bajarishga, duosini olishga harakat qilar edi. Ularning gapini ikki qilmasdan Termiz shahrida yashovchi qarindoshlari Nosir Ashurovga turmushga chiqdi. Termiz shahridagi ahil oilalardan biri bo’ldi. Shirindan shakar qizlari Sevinch va Gulshodani dunyoga keltirdi. Bu orada qaysinglisi Gulshoda, qaynotasi Narzullo bobo vafot etdilar. Ularning ma’rakalarini o’tkazishda bel bog’lab, oilani tebratishga, xullas, barcha qiyinchiliklarga bardosh berdi.
Mehribon, mehnatkash ayol bo’lmish qaynonasi hamda xolasi Anorbibining suyanchig’iga aylandi. Anorbibi Sevinch bilan Gulshodani bag’riga bosib, yoshlik chog’larini eslab ko’zlaridan duv-duv yosh oqardi. Chunki qizalog’i Gulshoda bevaqt olamdan o’tdi. Bu qayg’u onaxonni adoyi tamom qildi. Boz ustiga Narzullo bobo ham uzoq kasallikdan so’ng vafot etdilar. Bu boshga tushgan kulfatlar Anorbibini iztirobga soldi. Kelini bilan yelkadosh bo’lib, barchasiga chidashdi. Zahmat mashaqqat bilan o’g’il uylantirdi, qiz chiqardi. Endi hamma g’ussalar unut bo’lgan chog’da kelini Mag’firatning bu dunyoni tark etishi uni batamom larzaga soldi. Axir, hammaga ham bundayy kelinlar nasib etavermaydi-da. Bu ikkisi qaynona-kelin do’st bo’lmaydi, demoqchi bo’ladigan barcha o’zbek seriallariyu barcha kitoblardagi biryoqlamalikni parchalab yuborishdi. Hamma bir xil bo’lmas ekan. Anorbibidek qaynonalar, Mag’firatdek kelinlar ham bo’lar ekan xalqimizda, birodarlar.
Ha, Mag’firatbonu ham ayni “yashayman, farzandlarni voyaga yetkazib turmushga chiqarib, nabirali bo’laman”, degan orzular og’ushida yurgan chog’ida uni bevaqt o’lim o’z girbobiga tortdi. Oila ahlini bu g’urbat-g’ussa dovdiratib qo’ydi. Qaynanasi Anorbibi bir lahzada gulday kelinidan ajralib qoldi. Uning hayotini saqlab qolish uchun barcha davolash ishlarini amalga oshirdilar. Biroq kasallik uning bu dunyodan erta ketishiga sababchi bo’ldi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling