Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUZAFFARNING NOTALARI Cho’lliboev Muzaffar (1976-1998)
- O’g’lim Muzaffarjon xotirasiga
DOSTON QILGULIK ONA
Umurqulova Mastura (1976-2008) Darband qishlog’ida tug’ilgan bu ayol go’zalligi, hunarmandligi, eng muhimi, oilaparvarligi bilan xalqimizning ehtiromiga sazovor bo’lgan edi. U turmush o’rtog’i Jahongir Nazarov bilan baxtli hayot kechirdi. Ularning bir-biriga sadoqati, oqibatliligini hali hamon eslashadi. U kamtarin, mehribon, mehmondo’st, xullas, oilasi uchun fidoyi ona edi. Undan Xolbek, Mehindi, Iqrorshoh, Sorandari ismli farzandlar qoldi. MUZAFFARNING NOTALARI Cho’lliboev Muzaffar (1976-1998) Muzaffarning otasi Abdurasul do’xtirning uvvos solib yig’layotganini ko’rgan kishilarning ko’zlaridan shashqator yosh oqdi. Hatto so’qir ko’zlardan ham yosh to’xtamadi. Evoh, taqdiri azal! Beshafqatliklaringni ko’rib dod solishdan boshqa ilojimiz yo’q. Sen haqsan, o’lim! O’n gulidan bir guli ochilmagan Qumqo’rg’onning mashhur roviysi, davralararo to’yboshisi rais va shifokori, sohir ovoz sohibi Abdurasul Cho’lliboev xonadonida tug’ilgan Muzaffarni ajal yoqtirib qoldimi? Bilmayman, gohida ajal ham avval yaxshilarni barvaqt tanlab olayotgandek tuyuladi. Qo’shiqchilik san’atida o’z yo’li, o’z uslubida xalqqa tanilgan, tezda odamlar nazariga tushishga ulgurgan navqiron yoshni ajal o’z komiga yutdi. Uning o’z ohangi, o’z notalari bor edi. U kuylaganida odamlar sevinardi, yig’lardi. Ammo hech qachon o’lganidagidek yig’latmagan edi odamlarni. Ota-ona, qarindosh-urug’lar, mahalla-ko’y, qolaversa, Qumqo’rg’on xalqi chirqillab qoldi. Quyida ota nolasini o’qiysiz. O’g’lim Muzaffarjon xotirasiga Tanim ruhsiz, qovurilar jon, O’g’lim, sensiz qolgan siniq qalbimga, Azabdaman cheksiz, bolajon, Bir emas, yuz qabr qazgim keladi Hech kimsa yo’q, qaydasan, o’g’lon? Dardim kimga aytay, bolajon?! Qalbimda ne dard bor, Olloh biladi, Yuragim tirikman yonib turadi, Yurak bag’rim to’lib zardobga, xunga, Farzandim, dilbandim, Muzaffar o’g’lim, Qalbim yorishmas qiyosdir shunga, Nomginang qalbimda abad qoladi. Aka-ukang sira o’xshamas senga, Dardim aytay aziz farzandim, kimga? Tilagim bitta yolg’iz Ollohdan, Nasib etsin senga nur rahmatidan, Sen ketding ortingga qaramay sira, Avf etib men o’g’lim bor xatoingni, Vujudim qiynoqda, dilim sadpora, Nasib etsin senga hayot jannatdan. Nahot, hayotimdan bo’lsang xotira, Dardimni aytay farzandim kimga? Bugun qo’shni xonadonda to’y bo’ladi, Meni egik boshginamda o’y bo’ladi, Yig’layman tunu kun yurak bag’rim qon, Hasad emas, havas meni o’tga solib, Chorasiz azobda qiynaladi jon, Dilginamga bir dil to’la dard soladi. Nega seni hatto esga olmagan, Ajalga o’zingni tutding, bolajon. Sening yoshing bir maromda turaverar, Garchi mening yoshim mudom o’taverar, Kamolga yetgan vaqting bo’lsayu, Siniq qalbim unutolmay kuyaverar, Bilaging yigitlik kuchga to’lsayu, Sensiz qolgan armon qalbim o’yaverar. Oy qizlar ishqingda yonib qolsayu, Nega umringni sen aylading xazon? Taqdir deyman, ovutaman ba’zan o’zni, O’zga tomon yo’naltirib goho so’zni, Yolg’on hayot uchun tanho ismingdan, Ko’z yoshlardan to’xtataman goho ko’zni, Pok ruhing falakka ravona bo’ldi, Biroq sira unutmasman o’g’lim seni. Ammo padaring jismidagi ruh, Ming azob anduhda sadpora bo’ldi. Kuyovlikning libosini kiya olmay, Ketganinga, o’g’lim, qalbim vayronadir, Otangining orzusi umidi o’ldi. Sensiz qolgan umrim ila vujudimning Hayot bog’ining bir guli so’ldi, Ko’ngil o’yi sen tufayli g’amxonadir. Yuragi ming dardga qayg’uga to’ldi, Ey sevimli dilband, senga ne bo’ldi. Hali senga aytilmagan yerlar qoldi, Yurak bag’ri xun ezilgan zorlar qoldi, Jon o’g’lim, zarracha yo’qmidi fahming, Xazon bo’lgan yosh umringning armonlari, Otangga yo’qmidi zarracha rahming, Olib ketgan seni ohlar, orlar qoldi. O’z hayotinga bo’ldingku zomin, Shunchalar zo’rmidi hayotga qahring. Bugun qo’shni xonadonda kuy taralar, O’ksik dilni yana o’tli g’am tirnalar, Vo ajab!- dunyoning qilmishlaridan, O’g’lim to’yga borolmayman ko’nglim yig’lar, Dod, deya uvvos solgim keladi, Yuragimni sen haqdagi xayol tig’lar. ABDURASUL ChO’LLIBOEV Qumqo’rg’on tumani Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling