Diqqat - Diqqat - kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo mehnat va o`quv faoliyati samaradorligini muhim va zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta talablar qo`yadi.
Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida, turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy «diqqat aynan shunday bir eshikka, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik orqali kiradi» - deb yozgan edi. Diqqat individning hissiy, aqliy eki harakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. - Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida, turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy «diqqat aynan shunday bir eshikka, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik orqali kiradi» - deb yozgan edi. Diqqat individning hissiy, aqliy eki harakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
- O’qituvchining takomillashgan nutqqa ega bo’lishi, o’quv materialini talabalar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlash garovidir. Bolalar o’qituvchi nutqiga juda e’tibor beradilar. Biror harf yoki tovushni noto’g`ri aytilishi qo’lgiga sabab bo’ladi. Bir ohangdagi nutq-tezda charchatadi. Individual suhbat paytidagi baland ovozdan talaba o’zini aldanayotgandek his etadi. Bu o’qituvchga ishonchsizlik bilan qarash hislarini uyg`otadai.
Idrok haqida tushuncha. - Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib, yaxlit, bir butun holda aks ettirilishi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qiladi. Lekin idrok narsa ayrim sezgilarning oddiy yig‘indisidan iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: idrokning predmetligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi.
Hayol haqida tushuncha. - Insonlar borliqni anglab, unda yuz berayotgan narsalarni qabul qilib, qolibgina qolmay o`ni o`zgartirishga ham harakat qiladi. Borliqni amaliyotda o`zgartira olishni bilish bilan birga hayolni ham o`zgartira bilish lozim.
Xotira- ongimizda aks ettirilgan narsalarni mustahkamlash, esda qoldirish va keyinchalik tiklashdan iborat bo’lgan aqliy faoliyat
Do'stlaringiz bilan baham: |