Telegram:
@uzExam
Admin:
@uzExam_Admin
Telegram:
@uzExam
hisoblanadi. U, o„z navbatida, rayon ichidagi va rayonlararo migratsiyalarga bo„linadi. Muddatiga ko„ra
migratsiyalar doimiy va vaqtincha turlarga bo„linadi. Vaqtincha migratsiyalar mavsumiy, vaxtali hamda
mayatniksimon (tebranma 80) bo„ladi. Mavsumiy migratsiyalar ko„proq qishloq xo„jalik ishlari bilan bog„liq
bo„lsa, vaxtali migratsiyalar, asosan, tabiiy sharoiti noqulay hududlar dagi foydali qazilma konlarida yoki
qurilish obyektlarida mehnat qilish bilan bog„liq. Mayatniksimon migratsiyalar esa shahar va uning atrofi
o„rtasida kunlik va haftalik tartibda kechadi: shaharga uning atrofdagi qishloq va kichikroq shaharlardan
aholi ishlashga, o„qishga va boshqa maqsadlarda, shaharliklar esa chetga, asosan, dam olish, ziyorat qilish
yoki dehqonchilik bilan shug„ullanish uchun tez-tez qatnab turishadi. Aholi migratsiyasiga iqtisodiy, oilaviy,
etnik, diniy, siyosiy, ekologik (tabiiy) kabi omillar sabab bo„ladi. Migratsiyalar, asosan, iqtisodiy sabablar, ya‟ni
muayyan yashash sharoiti va ish o„rinlarini qidirish bilan bog„liq. Oilaviy migratsiyalar turli joylarda
yashayotgan oila a‟zolarining o„zaro birlashuvi borasida amalga oshadi. Etnik va diniy migratsiyalar deganda,
ma‟lum millat yoki din vakillarining boshqa davlat yoki hududga ko„chishi tushuniladi. Siyosiy migratsiyalar
urush yoki siyosiy inqiloblar natijasida ro„y beradi. Ekologik migrantlar tabiiy muhitning buzilishi tufayli
yashash hududini tark etadilar. Bundan tashqari, aholi migratsiyalari ixtiyoriy va majburiy, tashkillashtirilgan va
tashkillashtirilmagan kabi turlarga ham bo„linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |