koordinatalarini aniqlang.
5-BILET
1. Yerning Quyosh va o’z o qi atrofidagi harakati, ularning geografik oqibatlari.
Yer Quyosh atrofi da soat miliga teskari yo„nalishda o„rtacha 29,8 krn/ sekund tezlik bilan 934 mln km bo„lgan
orbitani 365 sutka 6 soatda to„la bir marta aylanib chiqadi. Yer orbitasi (Quyosh atrofi da ayla nish yo„li) ellips
shaklda. Shuning uchun Quyosh bilan Yer orasidagi maso- fa doim o„zgarib turadi. Yer orbitasining Quyoshga
eng yaqin nuqtasi — perigeliy deyiladi. Bu nuqtada Yer va Quyosh orasidagi masofa 147 mln km ga teng. Yer
orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi esa afe- liy deyilib, Yer bilan Quyosh o„rtasidagi masofa 152 mln km
bo„ladi. Shuning uchun Yer orbita bo„ylab turli tezlikda harakat qiladi, ya‟ni perigeliyda eng tez (30,3
km/sekund), afeliyda eng sekin (29,3 krn/ sekund) aylanadi. Buning oqibatida Quyosh Shimoliy yarimsharga
186 kun, Janubiy yarimsharga esa 179 kun nur sochadi. Lekin bu Yerga ke- ladigan issiqlikning miqdoriga
ta‟sir qilmaydi. Yer orbitasining aylanaga yaqin ellipsligi tufayli Yerga keladigan issiqlikning miqdori
o„zgarmay- di, ya‟ni doimiydir. Shu sababli Yer yuzida doimiy issiq sharoit yuzaga kelgan. Yerning Quyosh
atrofi da aylanishining geografi k oqibatlari: yil fasllari hosil bo„ladi, kun va tun davomiyligi o„zgaradi,
Quyosh turishi nuqtalari (22 iyun, 22 dekabr) hamda bahorgi va kuzgi tengkunliklar (21 mart, 23 sentyabr)
bo„ladi, Quyosh Shimoliy yarimsharga 1 hafta ko„proq nur sochadi, yorug„lik mintaqalari hosil bo„ladi, doimiy
issiq- lik sharoit qaror topadi, musson shamollari paydo bo„ladi, umuman, geografi k qobiqda yillik ritmiklik
qonuniyati yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |