geografik koordinatalarini aniqlang.
4-BILET
1. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy salohiyati. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda sanoat va
transportning rivojlanishi.
Mustaqillik yillarida O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivoj lanishda ulkan muvaffaqiyatlarga
erishdi. Hattoki, 2008-2009 yil- larda ro„y bergan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi sharoitida ham
O„zbekiston milliy iqtisodiyotining o„sish sur‟atlari bo„yicha dunyo mamlakatlari ichida eng yuqorilaridan
biri bo„ldi. 2010-yildan buyon O„zbekiston YIMning yillik o„sish sur‟atlari 8 foizdan past bo„lmagan
darajada qayd etilmoqda. Jahon hamjamiyati ekspertlari tomonidan tan olingan bu ijobiy natijalar zamirida
respublikamiz
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ulkan salohiyati hamda mamlakatimizda
bozor iqtisodi- yotiga o„tishning “o„zbek modeli” asosida bosqichma- bosqich ravishda amalga
oshirilayotgan aniq maqsadlarga yo„naltirilgan islohotlar yotadi. O„zbekiston
Respublikasi Markaziy
Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy-geografik
o„ringa ega bo„lib,
subregion
davlatlarining o„zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o„ynaydi. Shu bilan birga, respublikamiz ko„p
tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlami yaratadigan tabiiy
boyliklariga ega. Eng avvalo, davlatimizning mineral-resurs salohiyati alohida e‟ti- borga sazovor.
O„zbekiston hududida jami 120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta konlari topilgan. Jumladan,
O„zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo„yicha 4-o„rin, uran bo„yicha 7-o„rin, molibden
bo„yicha 8-o„rin, mrs bo„yicha esa 10-o„rinda turadi. Yoqilg„i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng
katta ahamiyatga ega bo„lib, uning zaxiralari bo„yicha O„zbekiston dunyoda 14-o„rin egallaydi. Noruda
qazilma boyliklar bo„yicha kaliy tuzlari va fosforitlar qazishda dunyoda yetakchi o„rinlaridan birida turadi.
Turli foydali qa- zilmalarning yirik konlariga, asosan, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari
va Qoraqalpog„iston Respublikasi boy hisoblanadi. Demak, mineral resurslarning ulkan zaxiralari
yurtimizda rangli metal- lurgiya, yoqilg„i, kimyo va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga keng
imkoniyatlar yaratadi
Do'stlaringiz bilan baham: |