Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqatning turlari


DIQQATNING BO`LINISHI (TAQSIMLANISHI)


Download 30.64 Kb.
bet4/6
Sana06.05.2023
Hajmi30.64 Kb.
#1434500
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu

DIQQATNING BO`LINISHI (TAQSIMLANISHI).
Diqqatning bo`linishi - psixik faoliyatning shunday tashkil qilinishiki, bunda ayni bir vaqtning o`zida ikkita va undan ham ko`p ish-harakat bajariladi. Diqqatning bo`linishiga misol: bir vaqtning o`zida arifmetik hisoblarni bajarish va biror qo`l mehnati turini bajarish. O`tkazilgan ko`plab tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, diqqatning taqsimlanishining samaradorligi bir qancha omillarga bog’liq ekan. Shular orasidan eng katta rol’ o`ynaydiganlari: kishining diqqatining individual xususiyatlari (diqqatining rivojlanganligi) va bajarilayotgan ishlardan birortasining avtomatlashganlik darajasi. Bajarilayotgan ishlardan birortasi juda yaxshi o`zlashtirilgan bo`lsa, u diqqatni taqsimlashda ko`p murakkablik tug’dirmaydi. Shu sababli ko`pchilik sohalarda birinchi davrda ishni o`zlashtirish, bir vaqtning o`zida bir qancha ishlarni bajarish, ularni boshqarish va muvofiqlashtirish juda qiyin kechadi. Faoliyat o`zlashtirilib borilgach ko`p takrorlanadigan ish-harakatlar avtomatlashadi, ular maxsus ongli nazoratni talab qilmaydi. Shu sababli kishi ishni bajarish davomida boshqa narsalar haqida o`ylashi, kuylashi, ishga "e’tibor bermasdan" ishlashi mumkin.
DIQQATNING KO`CHISHI
Diqqatning muhim xususiyatlaridan biri, uning ko`chishidir, ya’ni bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyatga tez o`tish qobiliyatidir. Diqqatning ko`chirilishiga ba’zan ayni bir vaqtning o`zida idrok qilinadigan, ikkita o`zaro farqlanadigan qo`zg’atuvchini aks ettirishda murojaat qilishga to`g’ri keladi. Misol tariqasida KOMPLIEKASIYa deb atalgan tajribani ko`rsatish mumkin. Tajribada 100 qismga bo`lingan sifrblat bo`ylab strelka tez aylanib turadi, ayni shu tez aylanish davomida sifrblatning qaeridadir qo`ng’iroq chalinadi. Tekshiriluvchi qo`ng’iroq chalinganda strelka sifrblatning qaysi bo`lagida turganini aniqlashi kerak. Bu ishni aniq bajarish juda qiyin. Turli tekshiriluvchilar turlicha aniqlaydi, biri 35-chi bo`lagida desa, boshqasi 25 bo`lagida deyishi mumkin. Hayotda esa diqqatning ko`chishi ikkita narsani (ob’ektni) to`g’ri idrok qilishga yordam ham beradi. Masalan, notiqqa qarash va uni eshitish ancha yengil bo`ladi; bu yerda eshitish va ko`rish qo`zg’atuvchilari bir-birini kuchaytiradi.


Download 30.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling