Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat — ongimizning muayyan ob’yektga ixtiyorsiz ravishda
yo’naltirilsada, uning ustiga ma’lum
vaqt barqaror holda, to’planib
turishidan iborat ixtiyoriy
diqqat turi; diqqat to’plangan ob’yektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz
diqqatning ixtiyoriy
diqqatga aylanishi.
Ichki diqqat — ongimizning o’z sub’yektiv
taassurotlarimiz, histuyg’ularimiz va
intilishdarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi.
Tashqi diqqat — ongimizning ob’yektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim
belgi va xususiyatlariga yo’naltirilish, ularda faol to’planadigan diqqat turi.
Bedor holat — bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv markazlarining qo’zg’alishi
bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat. Shaxs bedor holatidagina ma’lum
bir faoliyat turini amalga oshira oladi.
Qo’zg’alish markazi — markaziy asab tizimining qo’zg’alish jarayoni ro’y
bergan
uchastkasi.
Diqqat depressiyasi (lot. dergezyu — pasayish) — turli tashqi va ichki omillarga ko’ra
ob’yektda to’planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi.
Paradoks fazasi — kuchli qo’zkatuvchilarga qaraganda kuchsiz qo’zg’atuvchilarning
kuchli reaksiyasining vujudga keltirishi (patologik holatlar nazarda tutiladi).
Oriyentir refleksining elektrofiziologik simptomlarining barqarorlashuvi — ixtiyoriy
diqqat buzilganda maqsadga muvofiq topshiriq berish va oqilona
instruksiya yoki ustanovka
berish hamda vaziyatga qarab uni o’zlashtirish orqali insonda oriyentirovka refleksini qaytadan
tiklashdan iborat korreksion faoliyat.
Diqqat korreksiyasi (lot. soggesIo — tuzatish) — insonda
diqqat patologik holatga
(buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslublardan foydalanib tuzatish.