Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari Diqqat haqida tushuncha


Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat


Download 231.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana08.10.2023
Hajmi231.41 Kb.
#1695531
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- Mavzu Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari Diqqat

Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat — ongimizning muayyan ob’yektga ixtiyorsiz ravishda 
yo’naltirilsada, uning ustiga ma’lum vaqt barqaror holda, to’planib turishidan iborat ixtiyoriy 
diqqat turi; diqqat to’plangan ob’yektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixtiyoriy 
diqqatga aylanishi. 
Ichki diqqat — ongimizning o’z sub’yektiv taassurotlarimiz, histuyg’ularimiz va 
intilishdarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi. 
Tashqi diqqat — ongimizning ob’yektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim 
belgi va xususiyatlariga yo’naltirilish, ularda faol to’planadigan diqqat turi. 
Bedor holat — bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv markazlarining qo’zg’alishi 
bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat. Shaxs bedor holatidagina ma’lum 
bir faoliyat turini amalga oshira oladi. 
Qo’zg’alish markazi — markaziy asab tizimining qo’zg’alish jarayoni ro’y bergan 
uchastkasi. 
Diqqat depressiyasi (lot. dergezyu — pasayish) — turli tashqi va ichki omillarga ko’ra 
ob’yektda to’planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi. 
Paradoks fazasi — kuchli qo’zkatuvchilarga qaraganda kuchsiz qo’zg’atuvchilarning 
kuchli reaksiyasining vujudga keltirishi (patologik holatlar nazarda tutiladi). 
Oriyentir refleksining elektrofiziologik simptomlarining barqarorlashuvi — ixtiyoriy 
diqqat buzilganda maqsadga muvofiq topshiriq berish va oqilona instruksiya yoki ustanovka 
berish hamda vaziyatga qarab uni o’zlashtirish orqali insonda oriyentirovka refleksini qaytadan 
tiklashdan iborat korreksion faoliyat. 
Diqqat korreksiyasi (lot. soggesIo — tuzatish) — insonda diqqat patologik holatga 
(buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslublardan foydalanib tuzatish. 

Download 231.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling