Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari Diqqat haqida tushuncha


Download 231.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana08.10.2023
Hajmi231.41 Kb.
#1695531
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- Mavzu Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari Diqqat

3.Diqqatning turlari. 
Psixologiyada ikki xil diqqat turi farq qiladi. Ulardan biri ixtiyorsiz diqqat bo’lsa, 
ikkinchisi- ixtiyoriy diqqatdir. 
Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan 
tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va 
qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini 
oriyentirovka yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi. 
Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda 
diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-
fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujulga keladigan optimal qo’zg’alish 
manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga 
kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat 
bilanalmashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat 
odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. 
Diqqatning asosiy turlari ixtiyyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bulish 
xissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy 
va emotsional diqqat deb xam ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi sungi ixtiyoriy diqqat 
bo’lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning uziga xos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus 
zur berishni talab kilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki xodisaning bevosita kizikish 
uygotishidan paydo bo’ladi. 
Ta’lim jarayonida xam umumiy mexnat faoliyatidagi singari, ixtiyoriy diqqat xal kiluvchi 
rol uynaydi. Diqqatning bu turi ixtiyorsiz diqqatdan, birinchidan, kuzlagan maqsadi bilan fark 
qiladi, ya’ni u kishining uz oldiga kuygan maqsadiga bog’liq bo’ladi. Ikkinchidan, undan 
uyushkoklikni talab etadi, bu avvaldan diqqatni tuplashga tayorgarlikda, shuningdek etiborining 
tuplanish jarayonini boshqara bilishda ifodalanadigan uyushkoklikdir. 
Uchinchidan
, irodaviy 
diqqatga diqqatni jalb qilish va saklash jarayonida zur berish bilan bog’liq bo’lgan kuch sarflash 
xos. Nixoyat, turtinchidan, u faoliyat jarayonidagi uta barqarorligi bilan fark qiladi. Shuning 
uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Faoliyat jarayonida, ko’pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda 
asosiy ishdan bo’lak narsalarga ko’chib turishi uchraydi. Bunday xodisani diqqatning chalg’ishi 
deb ataladi. Ixtiyorsiz diqqatni ham va ixtiyoriy diqqat ham o’zining yo’nalishiga ko’ra tashqi va 
ichki bo’lishi mumkin. 
Manbai bizning ongimizda tashqarida bo’lgan diqqatga tashqi diqqat deb ataladi. Tashqi 
diqqat dastavval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon bo’ladi. Shafyor, vagon haydovchisi, 
tikuvchining ishida sodir bo’ladigan diqqat tashqi diqqatga misol bo’la oladi. Manbai bizning 
tasavvurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va mayllarimizdan iborat bo’lgan diqqatga ichki 
diqqat deb ataladi. Biz ongimizning uzida sodir bo’layotgan jarayonlarni kuzatayotganimizda, 
ya’ni o’z xissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaklarimizni va shuning kabilarni kuzatayotganimizda 
ichki 
diqqat 
namoyon 
bo’ladi. 

Download 231.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling