Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari Diqqat haqida tushuncha


Download 231.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana08.10.2023
Hajmi231.41 Kb.
#1695531
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- Mavzu Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari Diqqat

Diqqatning ko’lami — bir davrning o’zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin 
bo’lgan ob’yektlarning miqdori. 


Diqqatning ko’chuvchanligi — faoliyat jarayonida diqqatning ongli ravishda bir 
ob’yektdan ikkinchi ob’yektga ko’chirilishi. Diqqatning ko’chuvchanligi har qanday faoliyatda, 
ayniqsa pulьt boshqaruvidagi alohida ahamiyatga egadir. 
Diqqatning taqsimlanishi — diqqatning bir vaqtning o’zida bir qancha ob’yektlarga 
qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga 
oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o’qituvchining ish jarayonidagi 
diqqati taqsimlangan diqqatdir. 
Diqqatning barqarorligi — diqqatning o’z ob’yektiga kuchli yo’naltirilishi va faol 
to’planishidan iborat ijobiy xususiyati. 
Parishonlik — diqqatni ma’lum bir ob’yektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat. 
Parishonlik vaqgincha holat bo’lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati bo’lishi ham 
mumkin. Parishonlikning ikki turi mavjud bo’lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata 
olmaslik bo’lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan ob’yekt ustiga kuchli to’plantirib, boshqa 
narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko’ra kelib chiqishi xam 
mumkin. 
Kasbga xos diqqat ma’lum bir kasbga ko’p yil ishlash natijasida shu kasbning talablari va 
ob’yektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi, Masalan: chorrahada ko’cha 
harakatini boshqaruvchining diqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan 
olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatning taqsimlanishini
ikkinchisi esa markazlashuv xususiyatlarini talab qiladi. 
Ixtiyoriy diqqat — ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy 
faollik ko’rsatgan holda muayyan ob’yektga yo’nalishi va unga to’planishdan iborat diqqat turi. 

Download 231.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling