Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari Diqqat haqida tushuncha


Download 231.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana08.10.2023
Hajmi231.41 Kb.
#1695531
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- Mavzu Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari Diqqat

4.Diqqatning xususiyatlari. 
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlariga ega bo’lib, ulardan asosiylari-diqqatning 
bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligi 
deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura 


olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki 
hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning 
bo’linuvchanligi. Diqqatning bo’linishi deganda, biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch 
narsaga qaratilishini tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo’lsa, ya’ni 
diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa buni konsentratsiyalashgan (to’plangan) 
diqqat deb yuritiladi. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga 
qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi. 
Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki, diqqatning 
yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi 
bilan bog’liqdir. 
Diqqatning ko’chuvchanligi. Odamning diqqati har doim bir narsada ikkinchi bir narsaga, 
bir faoliyatidan boshqa bir faoliyatiga ko’chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini 
diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ana shu yuqorida ko’rib o’tgan asosiy 
xususiyatlari odamning (shu jumladan bolalarning ham) barcha turdagi faoliyatlari uchun juda 
kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi 
turli-tuman o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug’ma 
ravishda, ya’ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab 
turli faoliyatlar- o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi. 
Diqqatning ko’lami. Odamlar o’z diqqatlarining ko’lami jihatidan ham bir-birlaridan farq 
qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko’lami keng bo’lsa, boshqa bir odamlar diqqatining 
ko’lami torroq bo’ladi. Diqqatning ko’lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig’ishi mumkin 
bo’lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, idrok qilish jarayonida 
diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini 
tashkil etadi. Diqqatning ko’lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan belgilanadi. 
Diqqat ko’lamining keng bo’lishi odamning turmush tajribasi va mashq bilan bog’liqdir. 
Diqqatning barqarorligi bu diqqatni muayyan maqsadaga buysindirilgan faoliyatda uzoq 
vaqt markazlashtirib turilishidir. Diqqatning barqarorligi ishda umumiy maqsadga intiluvchanlik 
saqlangan holda ob’yektlar va faoliyat xarakterining almashinib turishini talab qiladi. Diqqat 
barqarorligini yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha shartlariga rioya qilish o’quvchilarning o’quv 
ishlari jarayonida chalg’ishlarini bartaraf qilish uchun juda muhimdir. Chalg’ish – diqqatning 
barqarorligiga qarama-qarshi bo’lgan holatdir. Bu diqqatning zarur faoliyatdan ixtiyorsiz 
ravishda chetga ogishi demakdir. Diqqatning barqarorligini uning ko’chuvchanligini va turlicha 
tebranishi bilan birgalikda o’rganish va tarbiyalash lozim. Diqqatning ko’chishi bu faoliyat 
maqsadining o’zgarishi bilan diqqatning bir ob’yektidan ikkinchisiga o’tishi demakdir. Masalan, 
dars davomida o’quvchilar o’qituvchining 
tushuntirishini eshitib turib
, asta-sekin diqqatlarini 
masalani yechishga bir o’quvchi masalasini yechib turib, boshqasiga ko’chiradilar va xokazo. 
Diqqatning ko’chuvchanligi va chalg’ishini uning beqarorligi bilan chalkashtirish mumkin emas. 
Bir necha minut davomida diqqat bilan soatning chiqirlashini eshiting yoki tomir urishini sanab 
ko’ring biroz vaqtdan keyin diqqatiningiz bir necha chiqirlashni tushurib qoldiradi, ya’ni tebrana 
boshlaydi. Diqqatning tebranishi bu diqqatning muayyan ob’yektga yana qaytishi yoki 
kuchayishiga bog’liq holda vaqt-vaqti bilan qisqa muddatli chalg’ishi yoki bo’shashidir. 
Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy tomonidan kiritilgan. Uning 
isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashkil 
qiladi. Domiianta diqqatning fiziologik asosidir. 

Download 231.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling