Diqqat konsentratsiyasini


Mavzu Nutqni eksperimental psixologiyada amaliy o’rganish


Download 450.5 Kb.
bet28/33
Sana13.09.2023
Hajmi450.5 Kb.
#1676419
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Umumiy MA\'RUZA 4-KURS PSIXOLOGYA

6. Mavzu Nutqni eksperimental psixologiyada amaliy o’rganish.
SHuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funktsiyalari (ya’ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda belgilar turli-tuman bo’lishidan qat’i nazar ularning eng muhimi – bu so’zdir. Har bir so’z ma’lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o’zida aks ettiradi (masalan: mashg’ulot, daftar, yomg’ir va boshqalar).
Tilning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o’zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o’qituvchilar va murabbiylar);
b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo’ladi (masalan: “Lektsiya bo’lmaydi”, “Bugun bayram” – ta’sir qilishdan, ta’sir o’tkazishdan iboratdir);
v) tilning muhim funktsiyalaridan yana bittasi – intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
Odam hayvonot olamidan farqli o’laroq o’zi xoh amaliy, xoh aqliy harakat bo’lishidan qat’i nazar uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish yechimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini halqilishning asosiy quroli tildir. Psixologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tilning eng asosiy funktsiyasi – bu kommunikatsiyadir.
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtiri, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o’rnatish, o’z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq axborot, xabar, ma’lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni yechish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo’lsa, nutq esa aynan o’sha jarayonining o’zidir.
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari
Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunlari asosida sodir bo’lishi mumkin. chunki uni yuzaga keltiruvchi stimullar birinchi signallar tipidagi qo’zg’atuvchilardan iboratdir (masalan: “Marsh”, “Salom”).
Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson “signallarni - signali” (I.P.Pavlov) tarzdagi so’zlardan foydalanishi mumkin. mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po’stida amalga oshadi.
P.Broka (1861 y.) miya po’stining ma’lum qismi (miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyatsiyasining buzilishini kasb etgan va “so’z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz” deb atagan.
K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining tepa tomonida “so’zlarning sensor obrazlari” joylashgan deb dalillashga harakat qiladi.
P.K.Anoxin – nutq jarayonini ta’minlashda juda ham sodda elementar “stimul-reaktsiya” tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishning ichlan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega bo’lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.
Nutq mexanizmlari (N.I.Jinkin)
Biron fikrni nutq vositasi yordami bilan bayon qilishdan oldin, maxsus kod orqali bu fikrning asosini tuzamiz – u programmalashtirish mexanizmidir.
Undan keyin rejalashtirishdan gapning grammatik tuzilishiga o’tish bilan bir guruh mexanizmlar keladi.
Esda olib qolishni so’zlarning grammatik xususiyatlarini amalda qo’llashni ta’minlovchi mexanizm.
Bir xil tipdagi tuzilishdan boshqa tipdagi tuzilishga o’tish mexanizmi.
Programma elementlarini grammatik tuzilishga yoyish mexanizmi.
So’zni ma’nosiga qarab qidirishni ta’minlovchi mexanizmlar.
Sintagmalarni harakat jihatidan programmalashtiruvchi mexanizmlar.
Nutq tovushlarini tanlash va harakat programmasidan tovushlarni to’ldirishiga o’tish mexanizmlari.
Nutqni amalga oshirishni ta’minlovchi mexanizm.
Tadqiqodchi A.R.Luriya nutqning afaziyasini tekshirib, ular quyidagi turlardan iborat ekanligini bayon qiladi:
dinamik afaziya – gaplar yordami bilan so’zlash qobiliyatining buzilishi;
efferent motor afaziyasi – gapning grammatik tuzilishi, buzilishi;
afferent motor afaziyasi – nutq artikulyatsiyasining buzilishi;
semantik afaziya – gaplar o’rtasidagi bog’liqlikning buzilishi;
sesor afaziya – so’zlarni idrok qilishning buzilishi.
Nutq rivojlanishi davrlari.
1-davr 2 oydan 11 oygacha.
2-davr 11 oydan 19 oygacha.
3-davr 19 oydan 3 yoshgacha.
Nutq rivojlanishi quyidagi qususiyatlarga ega:
a) gugulash.
b) g’udurlanish (soxta so’zlar).
v) paradigmatik fonetika (1,3- 1,5 yoshgacha) – buvi, buva, o’tir, o’tirdi, o’tiradi.
g) nutqning vaziyatbopligi (J.Piaje – situativ nutq).
d) nutq egotsentrizmi (J.Piaje – egotsentrik nutq).
Nutq vujudga kelishining nazariyalari
Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to’plangan nazariy va amaliy materiallar tahliliga ko’ra, akustik nutq signallari murakkab muvofiqlashgan harakatlarning natijasida namoyon bo’luvchi majmuaviy holatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi.
Odatda o’pka va nafas olish tana a’zolarning muskul harakatlari bosimning oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar qatnashishini uzluksiz ravishda ta’minlab turadi.

Download 450.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling