Diqqat savol : Gap aynan qaysi adib haqida ketmoqda? (O’.Hoshimov)
15. Ushbu adib O’zbekiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasining raisi Yo’ldosh Oxunboboyevga shaxsiy kotib bo’lib ishlaydi va keyinchalik, tuhmat bilan qamaladi va qamoq muddatini – Shimoldagi Belomorkanal qurilishida o’taydi. . Diqqat savol : Gap qaysi adib haqida ketmoqda? (Mirtemir)
16. Adibning o’g’li unga papiros olib kelish uchun Mirza Abdulla akaning o’g’li Fatxullaning velosipedini minib ketadi. Shuningdek, adib aynan shu o’g’liga atab “Sog’inish” she’rini ham yozadi. Diqqat savol: Siz adabni emas, aksincha, uning o’g’li kimligini ayting.(Jo’raxon)
17. Ushbu yozuvchi O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari, shuningdek, Respublika Bosh vazirining o’rinbosari kabi o’ta mas’ul lavozimlarda mehnat qildi. Diqqat savol: Ushbu yozuvchi kim?(O’.Umarbekov)
18. Ushbu adib shoir tabiat tog’asi yordamida “Madrasai Oliy” va “Madrasai chalpak” madrasalarida tahsil ko’radi. Shuningdek, shoirning o’z qo’li bilan tuzilgan devoni tumush o’rtog’i tomonidan Qashqarga olib ketiladi. Diqqat savol: Gap qaysi adib to’g’risida? (Zavqiy)
19. Ikkinchi jahon urushi yillarida shoirning “Shodligim” va “Tabassum” nomli to’plamlari e’lon qilindi. Ulardan joy olgan aksariyat asarlarda barcha xalqlar qatori o’zbek xalqining ham ko’nglida to’lib-toshgan fashizmga nafrat, tinch va osoyishta hayotni qo’msash, urushga ketgan farzandlarini sog’inish hislari badiiy ifoda etilgan” Diqqat savol: Ushbu adib kim?(Turob To’la)
20. Ushbu adibning bir asarida qishloq xo’jaligini jamoalashtirish(kolxozlashtirish) mavzusini tasvirlaydi, ammo ko’p o’tmay aynan shu asari adabiy tanqidlarga uchraydi va qayta ishlanib, boshqa nom ostida chop etiladi. Diqqat savol: Ushbu adib kim? (A.Qahhor)
21. Ushbu adib Fazlulloh Abulays Samarqandiydan saboq olgan, o’zining asarlarida Samarqandni firdavsmonand shahar deya ta’riflagan va ba’zi manbalarda keltirilishicha, ushbu adibning onasi Kobul amirzodalaridan biri bo’lgan Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |