Diqqat va kasb tanlash masalalari. Reja


Download 309.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi309.77 Kb.
#1589559
1   2   3   4   5
Bog'liq
Diqqat va kasb tanlash masalalari. (2)

Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va 
keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima, 
qachon, qaerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi 
jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli 
va mohirona yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va 
uni to‘g‘ri yo‘naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur: 
– 
ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini 
saranjomlash, yorug‘likka qulay joylashib olish; 
– 
muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko‘rish; 
– 
aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba 
orttirish, aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 
dan 11 gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20–24 gacha aqliy faoliyat 
unumdorligi yuqoriligini kuzatish mumkin). 
Muhandis xodimning kasbiy faoliyatida diqqatning asosiy xususiyatlari 
(taqsimlanishi, tarqoqligi, barqarorligi, tez o‘rin almashishi) ham o‘zisha xos 
ahamiyat kasb etishi, ya’ni 
sodir bo‘lgan voqea-hodisalarning zarur tomonlarini o‘rganish va aniqlik 
kiritishda, jinoyatchi Shaxs ning psixik holatini kuzatishda qo‘l kelishini anglab
etish lozim. Masalan, diqqatning hajmi 7–12 ta ob’ektni to‘liq qamraydi, 
barqarorligi 10–12 daqiqa to‘liq saqlanadi, bir soniya ichida diqqatni 3–4 
marotaba ko‘chirish mumkin. 
Diqqatni kuchaytirish usullari: 
– javobgarlik hissini sezish, faoliyat samaradorligini belgilovchi ahamiyatli 
tomonlarni hisobga olish; 
– 
muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishda irodaviy kuchga 
tayanish; 
– 
ob’ektni «e’tibor bilan kuzat», «yaxshilab qara», «yana bir bor 
tekshir» kabi diqqatni kuchaytiruvchi buyruqlarni berish; 
– 
salbiy hissiyotlarni kuzatish jarayoniga aralashtirmaslik; 


– 
kuzatuvchanlik faoliyatini susaytiruvchi omillarni inobatga olmaslik. 
Diqqatni jamlash tamoyillari: 
– muayyan holatga diqqatni yo‘naltirish; 
– 
ahamiyatsiz ma’lumotlarni miyada saqlamaslik; 
– 
keraksiz fikrlarga chalg‘imaslik. 
Diqqat jarayoni, o‘z navbatida, kuzatuvchanlik faoliyati bilan uyg‘un 
shakllanadi. Kuzatish Muhandis xodimlarining kasbiy faoliyatida o‘ziga xos 
ahamiyat kasb etadi. U operativ qiziqish uyg‘otgan Shaxs larning jinoiy 
faoliyatini fosh etishda, ularning aloqalarini, Shaxs iy xislatlarini o‘rganishda, 
tergov jarayoniga tegishli ma’lumotlarni to‘plashda namoyon bo‘ladi. 

Download 309.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling