Diqqat va kasb tanlash masalalari. Reja


Diqqat turlari, ularning xuxusiyatlari va rivojlanishi. Kasblarni shaxs


Download 309.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi309.77 Kb.
#1589559
1   2   3   4   5
Bog'liq
Diqqat va kasb tanlash masalalari. (2)

Diqqat turlari, ularning xuxusiyatlari va rivojlanishi. Kasblarni shaxs 
diqqatiga qo’yadigan talablari. Muhandis xodimlarning bilish faoliyati 
boshqa kasb kishilarnikiga qaraganda chuqurligi, keng qamrovliligi, tezkorligi, 
aniq maqsadga qaratilganligi, mantiqiyligi, maxsusligi bilan farq qiladi. Quyida 
bularning barchasiga batafsil to‘xtalamiz. Diqqat va uning Muhandis 
xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni. Diqqat kishi faoliyatining barcha turlari, 
eng avvalo, mehnat va o‘quv faoliyati samaradorligining muhim va zarur 
shartidir. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning 
tanlanganligi, yo‘naltirilganligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi ko‘plab ta’sirlar 
orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima 
haqidadir fikr yuritadi, o‘ylaydi. Ongning bu xossasi diqqat kabi xususiyat bilan 
o‘zaro bog‘liq. Muhandisxodimlarining kasbiy faoliyatida bilish 
jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Biz quyida bilish jarayonlariga va uning 
Muhandisfaoliyatidagi o‘rniga to‘xtalamiz. 
Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining 
oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va bir narsaga 
qaratilganligidir. 
E’tiborni ma’lum ob’ektga qaratish uchun irodaviy kuch-g‘ayrat sarflash 
zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo‘lganida, bilishga 
oid qiziqish susayganida va shuningdek, to‘siqlar mavjud bo‘lgan kezlarda 
diqqat aniq-ravshan namoyon bo‘ladi. 
Hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usullariga ko‘ra diqqatning uchta asosiy 
turi mavjud: 
– 
ixtiyorsiz diqqat; 
– 
ixtiyoriy diqqat; 
– 
ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat 
Ixtiyorsiz diqqat kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil 
bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishi jismoniy, 
psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga 
mos keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar 
ixtiyorsiz diqqatni qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli 
benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, 
diqqatning uzoq vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz 
diqqat Shaxs ning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir. 
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat- 
e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy 
diqqat, agar kishi o‘z oldiga ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini 
ongli tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa, yuz beradi. 


Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda Shaxs 
uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va 
jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli bo‘lishi natijasida qiziqib, kirishib 
ketish xususiyatida namoyon bo‘ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi 
ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. 
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat sharoitiga o‘tish uchun ish jarayonini 
faollashtirish talab etiladi. Ish jarayonini xotira qonuniyatlarini yaxshi bilgan 
holda, uning yordamidan foydalanib amalga oshirish talab etiladi. Bular 
mantiqan tushunish va qiziqish uyg‘otish qonuniyatlari hisoblanadi. 

Download 309.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling