Diqqat va kasb tanlash masalalari. Reja
Idrok va uning Muhandis xodimlar faoliyatida tutgan o‘rni
Download 309.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Diqqat va kasb tanlash masalalari. (2)
Idrok va uning Muhandis xodimlar faoliyatida tutgan o‘rni. Idrok sezgiga
nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok etadi. Narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri jarayonida kishi ongida uning aks etishi idrok deb ataladi. Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yuz beradi. Qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi tarzida emas, balki hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi. Muhandis xodimlar faoliyatida idrok kasbiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan hodisa, holat, ob’ekt- lardan predmetli ravishda kerakli narsalarni ajratib olib, yaxlit holda ongida aks ettirish, oddiy Shaxs ko‘ra olmaydigan holatlardagi narsalarni tez va oson ilg‘ash jarayonidir. YAxshi rivojlanmagan kasbiy idrok xodimda illyuzion (noto‘g‘ri) idrok qilish xususiyatini shakllantiradi. Shu nuqtai nazardan idrok Muhandis xodimlarining kasbiy faoliyatida muayyan o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. YA’ni, Muhandis xodim aniq ma’lumot olish uchun guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini kuzatayotganda o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risida turli ko‘rinishlarda olingan tasavvur va tushunchalarni yaxlit holatda idrok qiladi. Muhandis xodimlar voqelikni to‘g‘ri idrok etishlari uchun uning printsiplariga rioya qilishlari zarur. Idrok qilish tamoyillari quyidagilar: – bilish zarur bo‘lgan holat yuzasidan miyada aniq aqliy zanjir tuzish; – sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish; – o‘rganilayotgan ob’ektga nisbatan qiziqish uyg‘otish; Idrok qilish printsiplari asosida xodim turli nuqtai nazarlarni, masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi, sharoitdan kelib chiqib, ob’ektdan olgan taassurotlarni tahlil qiladi. Xulosa Axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik yaxshi saqlanib qoladi. Ushbu qonuniyatdan foydalanish eslab qolish jarayonini fikrlash jarayoniga eng ko‘p darajada yaqinlashtirishni bildiradi. Anglangan holda eslab qolish ob’ektlarning eng muhim jihatlarini va munosabatlarini ifodalovchi mantiqiy aloqalarga asoslanadi. Qiziqish uyg‘otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson eslab qolinadi. O‘zlashtirayotgan narsamizni bizni qiziqtirayotgan, biz uchun manfaat keltiradigan narsalar bilan bog‘lash – muvaffaqiyatli eslab qolishning asosiy shartlaridan biridir. Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok etishga tayyorgarlik va yaxshi eslab qolish maqsadini qo‘yish katta aha- miyatga ega. Bular eslab qolish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, uning natijalarini oldindan ko‘rish imkonini beradi va xotirada tiklashni osonlashtiradi. Bir vaqtning o‘zida yuzaga keladigan tasavvurlar eslash jarayonida bir-birini yodga tushiradi. Xotiraning ushbu qonuniyatidan foydalanish uchun eslab qolish va esga tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanish, shuningdek, Muhandisxodimlarining kasbiy faoliyatida xotiraning ishini engillashtiruvchi sun’iy assotsiativ aloqalar o‘rnatishni o‘rganishimiz zarur. ADABIYOTLAR: 1. A.F.Kudryashova. Luchshie psixologicheskie testi dlya profotbora i proforientatora. 50-52 bet 2. E.G’.G’oziev, K.K.Mamedov. “Kasb psixologiyasi”. -Toshkent, 2003. 20-bet 3. I.M. Kondakov. Diagnostika professionalnix ustanovok podrostkov. 50- 60 betlar Moskva,1997 Moskva, 1992B.R. Qodirov. Kasbiy tashxis metodikalar to’plami.- Toshkent,2003.30-bet. Download 309.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling